Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan «Nazm va navo» maqom kechasi o‘tkazildi.

O‘zbek mumtoz musiqa an’analarining sermahsul qismini Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallariga asoslangan maqomlar tarkibidagi murakkab asarlar, qolaversa, go‘zal bastakorlik namunalari tashkil etadi. Xalqimiz buyuk tarixi va ajdodlariga ega ekanligi butun dunyoga ayon. Yurtimizda Bobur hayoti va ijodini o‘rganish va uning merosini qayta tiklash va keng ko‘lamda targ‘ib qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi «Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi  qarori buyuk shoir bobokalonimiz merosini o‘rganishda yangi istiqbollarni ochmoqda.  

Konsert dasturida Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallariga murojaat etilgan diltortar navolar Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli tomonidan ijro etildi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hamkorligida 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ijrochilar o‘rtasida shoir g‘azallari bilan ijro etiladigan «Eng yaxshi qo‘shiqlar» tanlovi tashkil etildi. Tanlovda hay’at a’zolari tomonidan ishtirokchilar munosib baholandi.  

Tanlov natijasiga ko‘ra, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli xonandasi Nargiza Rahmonova birinchi o‘ringa loyiq topildi. Shuningdek, tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lganlar munosib taqdirlandi.  

N.Usmonova,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur g‘azallarining musiqiy jozibasi