14 fevral – shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondi tomonidan shu kungacha 33 marta amalga oshirilgan ilmiy safarning har biri o‘ziga xos mazmunga, e’tiborli jo‘g‘rofiy yo‘nalishlarga, betakror yo‘l xaritalariga, fanimiz uchun bebaho ahamiyatga ega topildiqlarga boy bo‘lib kelyapti. 1992 yilning bahor-yozida uyushtirilgan ilk ilmiy safar chog‘ida avtoulovda 18 ming chaqirim yo‘l bosilib, ko‘plab muqaddas manzillar qatori Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga borildi, Kobul shahridagi Bog‘i Bobur va u yerdagi shoh va shoir bobomizning maqbarasi ziyorat qilindi. Uchinchi safar chog‘ida esa Bobur Mirzoning Hindiston diyori, xususan Agradagi podshohlik davri bilan bog‘liq qadamjolar o‘rganildi. Yettinchi safar natijasida ekspeditsiya buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy hazratlarining G‘azna shahridagi qarovsiz qolgan qabridan tuproq olib, alloma tug‘ilgan joy – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahriga olib kelindi. Muborak xok mamlakatimiz poytaxtidan kelgan ziyolilar, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati jamoatchiligi ishtirokida ramziy qabrga qo‘yildi. Qolgan safarlarda Xorazmiy, Farg‘oniy, Lutfiy, Navoiy, Behzod, Mashrab kabi o‘nlab atoqli ajdodlarimizning so‘nggi manzillarini obodonlashtirish, maqbaralariga me’moriy sayqal berish, Bobur Mirzo va boshqa ulug‘larimizning ilmiy-adabiy merosiga oid noyob kitoblar, qo‘lyozmalarni topish yuzasidan e’tirofga loyiq ishlar uddalandi.

Har ezgu ishning o‘z gali bor. 2024 yilning yanvar oyida amalga oshirilgan 34-safar chog‘ida Jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov, ekspeditsiya a’zolaridan ushbu satrlar muallifi va Ahmadjon Isaboyev “Andijon-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishi orqali  Beruniy shahriga kelib, tavalludining 1050 yilligi jahon miqyosida keng nishonlangan mukarram zot Muhammad ibn Ahmad Abu Rayhon Beruniy hazratlarining ramziy maqbarasini ziyorat qildi, u yerni yanada ko‘rkam va obod qilish yuzasidan o‘zining qimmatli takliflarini bildirdi. Bu masalada tumanning yangi hokimi I.Xidirov, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi faollari bilan fikr almashildi. Zarur paytda maqbarani ta’mirlash ishiga mamlakatimizning eng mohir sangtaroshlarini jalb etishga kelishib olindi.

Abu Rayhon Beruniy ramziy maqbarasining shundoq biqinida qadimiy Kot qal’asining qoldiqlari bor. Shahri Kotga eramizning 305 yili shoh Afrig‘ asos solib, uning vorislari 690 yil davomida shu saltanatni Turon zaminining eng kuchli davlatlaridan biriga aylantirdilar. Afrig‘ hukmronligidan avval xarobalari hozirgi Ellikqal’a tumanida joylashgan Tuproqqal’a saroyini qarorgoh qilib olgan shoh Artav - shoh Arsamux - shoh Vazamardan iborat sulola o‘z toji, o‘z taxti, o‘z yozuviga ega edi. Professor S.Tolstov rahbarligidagi Arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi bu saroy qoldiqlaridan taxta va teriga yozilgan xorazm yozuvini, antik davr tangalari, devoriy rasmlari, haykal va haykalchalari, arfa musiqa asbobi tasvirini topdi. Vazamar sulolasidan oldin Xorazm taxtiga qudratli Farazman podshoh egalik qilgan. Buyuk Aleksandr Makedonskiy bilan Zariaspu shahrida ittifoqchilik bitimini imzolagan Farazmanning poytaxti Aqchaxonqal’a qoldiqlari hozir ham yuz – bir yuz yigirma gektar yerni egallab yotibdi. Asrlar davomida qum ostida qolib ketgan bu poytaxt-shahar qoldiqlarini tadqiq etishda atoqli arxeolog, O‘zbekiston Qahramoni G‘ayratdin Xo‘janiyozov faollik ko‘rsatgan edi. Sidney universiteti professori Anne Bets rahbar avstraliyalik arxeologlar O‘zbekiston FA Qoraqalpog‘iston filiali Gumanitar fanlar instituti olimlari bilan birga bu yerda 29 yildan buyon samarali faoliyat olib bormoqda.

- Podshoh Farazman shu qadar ulkan saltanat yaratgan, shunday katta poytaxt qurgan, qolaversa, Iskandardek fotih bilan do‘st tutingan bo‘lsa, qadimgi Xorazmda ilm-fan ham jadal rivojlangan bo‘lsa kerak? – deb so‘radi Zokirjon aka.

- Haqiqatan ham o‘sha davrdan boshlab bu yerlarda fan ravnaqiga alohida e’tibor berilgan, – deb javob berdi hamrohimiz, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi raisi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qurbonboy Shoniyozov. – Bizda buning aniq dalil va isbotlari bor. Birinchidan, antik davrdagi ajdodlarimiz yer va suv ilmini yaxshi bilganlar. Kot, Gavhar, Kaltaminor magistral kanallari uch ming yil avval qazilgan. Ikkinchidan, ikki yarim ming yil avval hozirgi Qo‘yqirilganqal’a yodgorligida uch qavatli rasadxona bo‘lgan. Hozir uning tasviri milliy valyutamizga ham tushirilgan! 

- Keyingi manzillarimiz qayerlar bo‘ladi? – deb so‘radi Zokirjon aka.

- Yo‘l xaritamizga Amudaryo tumanidagi Chilpiq yodgorligi, Xo‘jayli tumanidagi Mizdaxxon majmuasi, Ustyurt platosidagi qadimiy Beleuli karvonsaroyi kiritilgan? – dedi ekspeditsiyamiz a’zosi, O‘zbekiston FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Abdullajon Mamedov. 

Yo‘ldoshlining yo‘li keng deb safarimizni davom ettirdik. Sulton Uvays, Shayx Jalil tog‘ tizmalari va Qipchoq dahasidan o‘tganimizdan keyin Nukusga 43 kilometr qolganda yo‘lning chap tomonida, ulug‘ daryoi azim Amuning o‘ng sohilida yumaloq shakldagi baland tepalikda halqasimon Chilpiq qal’asi ko‘zga tashlandi. Uning yaqiniga borib to‘xtadik. Ahmadjon Isaboyev yodgorlik va chor atrofni tasvirga oldi. Chilpiq zardushtiylik davriga oid dahma bo‘lib, ikki ming ikki yuz – ikki ming uch yuz avval 15 metr balandlikdagi 65 metr diametrga ega tomsiz dumaloq minora tarzida bunyod etilgan. U paytlari inson olamdan o‘tgach, uning suyaklari shu minora ichida saqlanib, keyin ossuariylar ya’ni suyakdonlarda saqlangan. Ushbu dafn etish usuli zardushtiylik falsafasi bilan bog‘liq bo‘lib, bu yerdan topilgan ossuariylar Nukus va Toshkentdagi muzeylarning noyob eksponatlariga aylantirilgan. Qutayba bosqinidan keyin minora qayta qurilgan, mudofaa inshooti va xabar maskani vazifasini o‘tagan. Yodgorlikning tasviri Qoraqalpog‘istonning ramzi hisoblanadi.

- Chilpiq bizni hayratga soldi, – dedi Zokirjon Mashrabov. – O‘ylaymanki, bundan ham qiziqarli manzillarga olib borasizlar!

- Mana bu Mizdakxon majmuasi nafaqat O‘zbekistonning, balki Markaziy Osiyoning eng e’tiborga loyiq qadimiy maskanlaridan biri hisoblanadi, - dedi Abdullajon Mamedov Xo‘jayli tumaniga borganimizdan keyin. – 985 yili quyi Amudaryoga kelgan atoqli arab  olimi va sayyohi Maqdisiy Mizdakxon atrofida 1200 ta mahobatli feodal qo‘rg‘onini sanaganini yozadi. 10 metr yer ostida joylashgan Mazlumxon Suluv (Nozlixon Suluv deb ham aytiladi) maqbarasi noyobligi bilan buyuk shoir Ahmad Yassaviy majmuasidagi yerosti inshooti bilan taqqoslanadi. Ko‘rib turganingizdek, sakkiz qirrali gumbaz bilan yopilgan ushbu Mazlumxon Suluv maqbarasi ham o‘n ikkinchi asrga mansub deyiladi. Mazlumxon suluv sag‘anasi oltin suvi yurgizilgan naqshlar bilan bezatilgan. Xalifa Yerejep, Jo‘mard Qassob, Shomun Nabiy yodgorliklari ham jahon arxeologlarida qiziqish uyg‘otib kelmoqda.

Xo‘jaylidan Sho‘manayga, keyin Qangliko‘l va Qo‘ng‘irotga o‘tdik. Mamlakatimiz hududining oltidan bir qismini egallagan bu tuman hududida boy uglevodrod zaxiralaridan tashqari o‘nlab tarix hamda arxeologiya yodgorliklari bor. Yo‘l xaritamizga ana shu arxeologik yodgorliklardan biri Beleulini kiritganmiz. Bu qadimiy makon juda ko‘p tarixiy voqealar, yuzlab sayyohlar tashrifining tilsiz guvohi hisoblanadi.

-  Beleuli karvonsaroyi qachon bunyod etilgan? – so‘radi ekspeditsiyamiz rahbari.

- Qadimiy karvonsaroy, qabriston va sardobadan iborat ushbu arxeologik majmua “Jasliq” temir yo‘l shohbekatidan 67 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. Yodgorlikka birinchilardan bo‘lib taniqli arxeolog A.I.Levshin qisqacha tavsif bergan. Karvonsaroy ikki qavatli muhtasham bino bo‘lib, har qavatida 7 tadan hujralar bo‘lgan. Uning darvozasi noyob me’moriy yechimga ega bo‘lib, yuqori qismi qizil g‘ishtlardan terilgan, arki arslonlar tasviri tushirilgan bareleflarga ega edi. Eng e’tiborli jihati, karvonsaroy o‘z isitish tizimiga, hovli o‘rtasida o‘z qudug‘iga ega bo‘lgan. Bu yerlarda Beleulidan tashqari Buloq, Qo‘shbuloq, Churuk, Uchquduq va boshqa karvonsaroylar ham bo‘lib, Buyuk ipak yo‘lining muhim bekatlari edi. Beleuli karvonsaroyidan topilgan numizmatik materiallar ushbu karvonsaroyning XIV asrga oid ekanligini to‘liq dalilladi. Karvonsaroydan taxminan 50 metr shimoli-sharqda aylana shaklidagi tosh qoplamalar ichida cho‘l o‘simliklari bilan qoplangan sakkizta sardoba bor. Suv bor joyda hayot bo‘ladi, deya javob berdi mezbon.

- Men shuni aniq taxmin qilyapmanki, Sizlar Beleuli karvonsaroyini bejiz ekspeditsiyamiz yo‘l xaritasiga kiritmagansizlar. To‘g‘rimi? – kulimsiradi Zokirjon ota.

- To‘g‘ri! – deb javob berdi Abdullajon Mamedov. – Asrlar davomida karvonsaroyda shoh ham, gado ham, savdogar ham, sayyoh ham to‘xtab o‘tgan. Bitta misol: Yevroosiyo jadidlarining ulkan vakili Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on 1920 yilning kuzida Bokudagi Sharq xalqlari anjumanidan qaytayotib Beleulida to‘xtagan. U anjumanda turkman sayyohi kiyimida yashirincha qatnashgan. U o‘z esdaliklarida Beleuli tomondagi masjid mudarrisiga “Boburnoma” kitobini berib, o‘zi qaytib kelguncha ko‘z qorachug‘idek asrashni iltimos qiladi. Siz rahbar fond bugun o‘sha bebaho asarni bir necha marta chop etdirdi!

- Meni qoyil qoldirdingiz, – tan oldi Zokirjon Mashrabov. – Kegayli tumanining Xalqobod shahrida andijonliklar sa’y-harakati bilan bunyod etilgan zamonaviy kutubxonaga olti jildlik “Bobur kulliyoti”, besh jildlik “Bobur va boburiylar” to‘plamini sovg‘a qilganimiz ham uzukka qo‘yilgan marvarid qoshdek yarashdi. Men dunyoning yarmini aylanib, ulug‘ ajdodlarimizning so‘nggi manzillarini ziyorat qilganman. Ekspeditsiyamizning yo‘l xaritasida shunday muqaddas maskan ham bormi?

Biz shunday mo‘’tabar joy borligini tasdiqlab, Mo‘ynoqqa yo‘l oldik. Orol dengizi sohiliga, yurt mehridan munavvar Mo‘ynoqqa aynan oppoq tong otgan damlarda yetib keldik. Shahar shu qadar ko‘rkam qiyofa kasb etganki, ko‘zlaringizga ishonmay qolasiz. Yangi binolar, yangi yo‘llar, yangi ko‘chalar Mo‘ynoqqa uzukning marvarid ko‘zidek yarashgan. Yangilangan aeroportda turgan zamonaviy laynerlarni ko‘rib Ovrupo yoki Hindixitoyning kichik shaharlarida turgandek his qildik o‘zimizni. Yo‘q, u shaharlar chiroylidir, ammo ularda Mo‘ynoqdagi mehr havosi yo‘q. Vatanimizga mehru muruvvat Mo‘ynoqdan boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Mehr va g‘urur bilan ayta olamanki, bag‘rikeng, tanti, qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tayotgan qoraqalpoq xalqini hamisha e’zozlaymiz”, dedilar va mamlakatimizning birinchi aviaborti Mo‘ynoqning muhtasham aeroportiga qo‘ndi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratilgan deyarlik ikki million gektar saksovul plantatsiyalari nafaqat Mo‘ynoqqa kislorod, balki bu yerlik hamyurtlarimiz qalbiga kelajakka bo‘lgan ishonchni berdi. 5 yil ichida shahar aholisi ikki baravarga oshdi. Mo‘ynoqning 114 metrlik teleminorasi, “Baliqchi” muzeyi, “Ma’danli tuz” korxonasi, musiqa maktabi, yangi to‘qimachilik majmuasi, “Baxt uyi”, O‘zbekiston xalq shoiri T.Jumamuratov nomidagi umumta’lim maktabi, “Lola” mehmonxonasi, raqamli texnologiyalar markazi yangi hayot nafasiga misollar bo‘la oladi.

Ayamajuz olti kun, olti oy qishdan qattiq kun. Suv sarfidagi aqlga tomoshabin ishlar bois ming yillar Turon zaminiga tiniq ko‘zgu, mintaqada yashab kelgan yuz minglab aholiga luqmai halol bo‘lgan buyuk dengiz horib qoldi, sochlariga oq tushdi. Mo‘ynoq porti o‘rnida kemalar qabristoni yuzaga keldi. Holbuki atigi yarim asr avval Orol to‘lib-toshib, qirg‘og‘iga arslondek to‘sh urib yotar edi. Bundan bir asr avval Orol dengizida baliqchilik keng rivojlangan, bu mo‘l-ko‘l luqmai halol fuqarolar urushi yillarida Volgabo‘yi ahlini ocharchilikdan qutqarib qolgan, Qozog‘istondagi “Goloshchekin qahatchiligi” paytida, Ikkinchi jahon urushi yillarida elning joniga oro kirgan edi. Endi esa koinotning eng ulug‘, eng aziz, eng komil zoti Inson buyuk dengizning tobora kattalashib borayotgan jarohatiga malham topa olmayapti. Orolqumning behisob tuzli to‘zoni nafaqat Osiyo, balki yaqin qit’alar ustida Damokl qilichi bo‘lib turibdi. 

Olis Ulug‘tog‘ taraflardan quyosh barkashi asta-sekin ko‘tarildi. Chor atrof yorishdi. Orol chekindi. Lekin Ikki daryo oralig‘i suv omborini, unda qayiqda suzib yurgan baliqchilarni, yo‘l chetida oltindek sap-sariq sazanlarni yo‘lovchilarga sotayotgan yigitni, yaylovga semiz-semiz qoramollarni haydab borayotgan otliq podachini ko‘rib ko‘nglimiz ham yorishdi. Shu kayfiyat bilan Markaziy Osiyo zaminidagi eng mo‘’tabar ziyoratgohlardan biri Sulaymon Boqirg‘oniy – Hakim Ota qadamjosiga yurib ketdik. Sulaymon Boqirg‘oniy o‘z ustozi Ahmad Yassaviy bilan o‘zbek mumtoz she’riyatining karvonboshilaridan biri hisoblanadi. Xalq orasida Hakim Ota nomi bilan mashhur bo‘lgan, o‘z iqtidori va she’riy iste’dodi bilan pirining e’tiborini qozongan shoir o‘z ustozining tariqati qoidalarini yanada chuqurlashtirib keng xalq ommasiga yetkazdi. Yassaviyona sodda, ravon uslubda ijod qildi. She’rlari «Boqirg‘on kitobi» nomi bilan mashhur. Uning «Bibi Maryam kitobi», «Oxir zamon kitobi» kabi dostonlari ham bor. U turkiy she’riyatning boshlovchilaridan ham biridir. She’rlari nafaqat o‘zbek, balki qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, tatar, boshqird va boshqa turkiy xalklar orasida keng tarqalgan. Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasiga binoan qayta ta’mirlangan ulug‘ shoir maqbarasini ziyorat qildik. A.Mamedov shu yerdan topilgan arxeologik yodgorlik – o‘n ikkinchi asrga oid madrasa binosida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishtirdi. – Men dunyoning o‘nlab mamlakatlarida bo‘lgan odamman, – dedi Z.M.Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondi raisi, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Z.Mashrabov. – Ammo o‘ttiz to‘rtinchi ekspeditsiyamiz ham meni hayratga soldi, yurtimizga bo‘lgan mehrimni o‘n chandon oshirdi. Fondning quyi Amudaryo vodiysida yaqin istiqbolda qiladigan ishlarini rejalashtirib oldik. Qaysi munavvar manzilda bo‘lmaylik yangi hayot, yangi tafakkur, Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans nafasini sezdik. Bunday mamlakatning kelajagi porloq bo‘lishiga zarracha shak-shubha bo‘lishi mumkin emas!

Yangiboy QO‘CHQOROV,

Z.M.Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondi Qoraqalpog‘iston 

bo‘limi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur ekspeditsiyasining yangi safari