Surxondaryo viloyatidagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida 10 ming gektar maydonda pista va qator oralarida kovrak dorivor o‘simligi plantatsiyasini barpo etish loyihasi amalga oshirlmoqda.

Bobotog‘ tog‘ tizmalari O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oralig‘ida joylashgan. Uzunligi qariyb 125 kilometrga, eni 30-40 kilometrga cho‘zilgan. 65 ming 732 gektardan ortiq maydonni egallagan o‘rmon xo‘jaligining 36 ming 564 gektardan ziyod hududini pistazorlar tashkil etadi. O‘rmon xo‘jaligining dengiz sathidan 800-900 metr balandliklarida na’matak, zirk, bodom, pista singari mevali va manzarali daraxtlar mavjud. Archazorlari undan ham baland tepaliklarida uchraydi. Dorivor kovrak o‘simligi o‘sadi. Tog‘oldi keng yaylovlardan iborat.

2023-2026 yillarga mo‘ljallangan loyiha tashabbuskorlari hozirgacha ming gektar maydonga pista va kovrak ko‘chatlarini ekib, o‘ndirib oldi.

Jahonda pista mevasi va kovrak o‘simligi shirasiga yildan-yilga ehtiyoj ortmoqda. Har ikkala mahsulot ham shifobaxshligi bilan dunyo bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Xususan, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda pista sog‘lik uchun foydali ajoyib ne’mat sifatida qayd etiladi. Ayniqsa, Bobotog‘ pistasi kaloriyasi yuqoriligi va vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Olimlarning aytishicha, pista antioksidantlar va foydali yog‘ manbaiga ega. Tarkibida inson organizmi uchun foydali ozuqalar, oqsil, kalsiy va fosfor, asablarni tinchlantiruvchi V hamda Ye vitaminlari mavjud. Yurak sog‘lomligini ta’minlaydi. Xolesterin miqdorini kamaytiradi. Yallig‘lanishning oldini olib, qon tomirlarini himoya qiladi. Asablarni tinchlantiradi. Bu meva tarkibidagi lyutein va zeaksantin ko‘z gavhari va to‘r pardasining markaziy qismida to‘planib, ularning himoya qobig‘ini mustahkamlaydi va ko‘z kasalliklaridan himoya qiladi. Pistani muntazam iste’mol qilish organizmning tashqi ta’sirlarga qarshiligini oshiradi. Terini yoshartirish xususiyati bor. Moddalar almashinuvini yaxshilab, kamkonlikning oldini olish xususiyatiga ega. 

Zamonamiz mutaxassislari kovrakning o‘ta shifobaxshligini alohida e’tirof etmoqda. Shu bois farmatsevtika sanoatida unga talab oshib, jahon bozorida xaridorgirligi ortib bormoqda. Kovrakning dorivor mahsulot sifatida ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan tayyorlanadigan shirasi, kukuni, nastoykasi, emulsiyasi va tabletkasidan keng foydalaniladi. 

Manbalarda Ibn Sino kovrakdan buyrakdan tosh tushirish, psoriaz, teri va jigarni tozalash, ekzema kabi kasalliklarni davolashda foydalangani qayd etilgan. Sharq tabobatida mastopatiya, bepushtlik, jinsiy ojizlikni davolashda ham qo‘llanilgan.

Mamlakatimizda asosan sassiq kovrak (Ferula assa-foetida) keng tarqalgan bo‘lib, shira shu turdagi o‘simlikdan olinadi. 

Zamonaviy tibbiyotda kovrakdan oshqozon-ichak yo‘lini shlaklar va gijjalardan tozalash, angina, bronxit va nafas a’zolari shamollashi bilan kechuvchi boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Ko‘z kataraktasining boshlang‘ich bosqichini, asab tizimidagi buzilishlar va tutqanoqni davolashda qo‘llaniladi. Tish og‘rig‘i, mushak bo‘g‘imdagi og‘riqlar, artrit, osteoxondrozda yaxshi natija beradi. Shuningdek, qator onkologik kasalliklar, bachadon miomasi, prostata bezi adenomasida yaxshi ijobiy natija berishi ham aniqlangan. Tomir tortishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k yo‘tal singari kasalliklarni davolovchi shifobaxsh o‘simlik sanaladi. Insonga quvvat berib, energetik balans va tonusni tiklaydi. Sayyoramizning qator davlatlarida kovrak yelimi va ildizi ziravor sifatida ishlatiladi, attorlik vositalari ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Mutaxassislar fikricha, madaniy pistazor qator oralarida dorivor o‘simlik yetishtirishning yo‘lga qo‘yilishi loyihaning samaradorligini yanada oshirib, bir gektar maydondan yanada ko‘proq foyda olish va yerlardan oqilona foydalanish imkonini beradi.

–Loyiha samaradorligi aniq hisob-kitob qilingan,–deydi "Bobotog‘" o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i Orif Jabbarov.– Massivda yashaydigan aholi pista va kovrak parvarishlashda yetarli tajribaga ega. U to‘liq amalga oshirilgach, ikki mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Har besh gektar maydonda bir kishi ish bilan band bo‘ladi. Pistazorlar orasida dorivor kovrak parvarishlash uning natijadorligini yanada oshiradi. Jumladan, ayni paytda jahon bozorida bir kilogramm pista mevasi o‘n dollardan sotilmoqda. Pista hosilga kirgach, bir gektar maydondagi 200 tup daraxtning har biridan olti kilogrammdan hosil olinadi. O‘n ming gektar yerdan 12 ming tonna pista terib olinsa, mavjud pistazor 120 million dollar daromad keltiradi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘n ming gektar yerda oraliq ekin sifatida parvarishlanadigan kovrak shifobaxsh o‘simligini yetishtirish uchun 80 milliard so‘mlik urug‘ xarid qilinadi. 20 milliard so‘m yerlarni tayyorlash va ekish uchun sarflanadi. Kavrak o‘ndirib olingach, sakkizinchi yilidan boshlab, o‘rtacha uch ming tonna shira yig‘ishtirib olinib, 6,8 trillion so‘m daromadga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga keladi. Lo‘nda qilib aytganda, bir gektar maydonda 10 ming dona kovrak o‘simligi parvarishlansa, undan 300 kilogramm dorivor shira olinadi. Bir kilogramm shira 2 million 200 ming so‘mdan sotilgach, bir gektar maydon 660 million so‘m daromad beradi. 

Qiymati 11,7 milliard so‘mlik loyihani amalga oshirish uchun o‘rmon xo‘jaligining Do‘xona bo‘limidan 2 ming 600, Xazrat bobo bo‘limidan 4 ming 375, Fayzova bo‘limidan 3 ming 25 gektar yer maydoni tanlab olingan. “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi 1,17 milliard so‘m mablag‘ evaziga ming gektar maydonda pista va kovrak parvarishlashni yo‘lga qo‘ymoqda. 9 ming gektarida xususiy sektor vakillari yangi pistazorlar barpo etishi va qator oralarida kovrak yetishtirish uchun 10,504 milliard so‘m mablag‘ sarflaydi. 

Pista va kovrak yetishtirishda qulay iqlim sharoitiga ega hududda mazkur loyihaning ruyobga chiqarilishi vohaning eksport salohiyatini oshiradi. Mahalliy farmatsevtika sanoati uchun ham arzon va sifatli xom ashyo yetkazib berishga xizmat qiladi. 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobotog‘da 10 ming gektar maydonda pista va kovrak yetishtiriladi