FOTOREPORTAJ

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga, sportga, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida hududlarda yoshlar forumi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va Uzun tumani hokimligi hamkorligida Uzun tumanidan 300 kilometr uzoqlikdagi tog‘li Bobotog‘ massivida tashkil etildi. 

[gallery-19409]

Yoshlar forumi doirasida turli sport musobaqalari hamda gala-konsert bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab ishtirokchilar sportning yugurish turi bo‘yicha o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Shiddatli va qizg‘in kechgan musobaqalarda ishtirokchilarning harakatlari hakamlar tomonidan baholab borildi. So‘ng Bobotog‘ hududidagi mavjud 4 ta mahalla yoshlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, voleybol, stol tennisi, arqon tortish hamda tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha musobaqalar shiddatli tus oldi. San’atkorlar chiqishlari esa yig‘ilganlarga bir olam quvonch va zavq-shavq ulashdi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, hozirgi kunda Bobotog‘ hududida 17 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Shulardan 9 mingdan ziyodi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Bi5K31Jy2AQ" title="Bobotogʻ hududida yoshlar forumi oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobotog‘ hududida yoshlar forumi o‘tkazildi (+video)