Bugun kinoteatrlarimiz har qachongidan ham gavjum. Xabaringiz bor, Qirg‘izistonlik rejissyor Ruslan Akunning "Jannat onalar oyog‘i ostida" filmi hali premerasi tugamay turib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Filmni tarqatganlar orasida 200 mingdan oshiq kuzatuvchilarga ega blogerlar, hattoki, rasmiy telekanallar ham bor edi.
Aholida intellektual mulkka nisbatan qarashlar anchagina yumshoq. Uning muallif roziligisiz tarqalishi odatiy va tabiiy qabul qilinadi. Agarda kimdir huquqlarini talab qilsa, uning bu ishi aksariyat tomonidan yaxshi kutib olinmaydi.
Masalan, mualliflik huquqi haqida gap ketsa, "qancha ko‘p odam ko‘rsa, shuncha yaxshi", "aslida tekinga reklama qilib berganligi uchun muallif rahmat aytishi kerak" singari argumentlar tez-tez quloqqa chalinadi. Muallifning mulkiy huquqlari mulkning boshqa shakllari bilan teng ko‘rilmaydi, chunki uni "qo‘lga ushlab bo‘lmaydi".
Xo‘sh, filmni tarqatish qay darajada qonuniy? Filmni ruxsatsiz tarqatganlik uchun qanday javobgarlik bor va ushbu holatlar haqida yuridik fanlari doktori, professor, san’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish Palatasi raisi Boboqul Toshev bilan batafsil suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/XG6jm8WiAas?si=BLU5cADzc22mX5WK" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov(video), O‘zA