Bo‘lg‘usi sport murabbiylari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus sport kollejida jismoniy tarbiya va bolalar sporti murabbiyi, olimpiya sport turlari bo‘yicha murabbiy yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus sport kollejida jismoniy tarbiya va bolalar sporti murabbiyi, olimpiya sport turlari bo‘yicha murabbiy yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Bu yerda 650 ga yaqin o‘quvchining puxta bilim olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Kollejda zamonaviy sport bazasi, mashg‘ulot zallari, suzish havzasi, stadion mavjud. Ta’lim maskanining Nabira Esenboyeva, Mariya Lemzyakova, Sanatulla Qutiboyev, Ilhomboy Erkinboyev, Barchinoy O‘rozboyeva, Ravshanbek Ominov singari o‘quvchilari mamlakatimiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.