BMTning uch nafar tinchlikparvar askari halok bo‘ldi
Markaziy Afrika Respublikasi shimoli-g‘arbidagi Uam-Pendezone hududida sodir etilgan portlash oqibatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining uch nafar tinchlikparvar askari hayotdan ko‘z yumdi.
"Anadolu" axborot agentligi xabar berishicha, qurollangan noma’lum shaxslar Kaita qishlog‘i yaqinida qo‘riqchilik qilayotgan xizmatchilarga hujum uyushtirgan.
Bosqin tufayli BMTning cheklangan tinchlikparvar kuchlari tarkibidagi uch nafar Bangladesh askari nobud bo‘ldi. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.