BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi jahon boʻylab bu boradagi vaziyatni nazorat qilib, hukumatlarga koʻrsatma va tavsiyalar berib boradi.

2020-yil 19-oktyabr kuni Toshkentdagi “Sevimli” telekanalida shu mavzuda brifing boʻlib oʻtdi. Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov moderatorlik qildi.

Brifingda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sherzod Asadov, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (biznes-ombudsman) Dilmurod Qosimov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov, shuningdek, BMTning Oʻzbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer, YEXHTning Oʻzbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, elchi Jon MakGregor, BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy ofisi rahbari Rishard Komenda ishtirok etdi.

Shu bilan birga, onlayn muloqotda Oʻzbekistonning Jenevadagi Doimiy vakolatxonasi rahbari Ulugʻbek Lapasov va BMTning Nyu-Yorkda joylashgan qarorgohidagi mamlakatimiz Doimiy vakolatxonasi rahbari Baxtiyor Ibragimov qatnashdi.

Maʼlumki, 2020-yil 13-oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida boʻlib oʻtgan saylovlarda Oʻzbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga uch yil muddatga – 2021-2023-yillarga saylandi. Mamlakatimiz uchun BMTga aʼzo 193 davlatdan 169 tasi ovoz berdi. Bu saylovda eng koʻp ovoz berilgan davlat Oʻzbekiston boʻldi.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi jahon boʻylab bu boradagi vaziyatni nazorat qilib, hukumatlarga koʻrsatma va tavsiyalar berib boradi. Eng muhimi, mazkur kengashga aʼzo har bir davlat oʻz majburiyatlarini yodda tutishi, inson huquqlari va erkinliklari bilan bogʻliq mezonlarga amal qilishda namuna boʻlishi lozim.

Shu maʼnoda, Oʻzbekistonning BMT organiga aʼzolik uchun intilgani bejiz emas. Bu samarador saʼy-harakat davlatimiz BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzosiga yuklatiladigan majburiyatlarni astoydil bajarish va inson huquqlarini global miqyosda himoya qilishga qatʼiy bel bogʻlaganidan dalolatdir.

BMT Bosh Assambleyasining 60/251-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, 2019-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston tomoni “Inson huquqlari boʻyicha kengashga 2021-2023-yillarda taqdim etiladigan Ixtiyoriy majburiyatlar va vaʼdalar” hujjatini tadqim etgan. Shuningdek, ushbu vaʼdalarni qisqa tahlil qiluvchi yana 2 ta hujjat tayyorlangan.

Brifingda eʼtirof etilganidek, mazkur hujjatlar BMT Bosh Assambleyasi va Inson huquqlari boʻyicha kengashida hamda Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari orqali aʼzo davlatlar oʻrtasida keng tarqatildi.

Oʻzbekiston taqdim etgan “Ixtiyoriy majburiyatlar va vaʼdalar”da mamlakatda inson huquqlari sohasida erishilgan yutuqlar va amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birga, bu borada kelgusida bajariladigan vazifalar ham aks ettirilgan. Xalqaro, mintaqaviy va milliy doiralarda Oʻzbekistonning istiqboldagi majburiyatlari va rejalari batafsil taqdim qilingan.

Ushbu majburiyatlarni 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMT Global kun tartibi doirasida amalga oshirish belgilangan. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bugungi kunga qadar rejadagi ayrim ixtiyoriy majburiyatlarni bajarishga kirishilgan.

Oʻzbekistonning Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi boʻlishidan koʻzlagan maqsadi ezgu va xolisdir. A.Saidov taʼkidlaganidek, “Biz mamlakatimizda ham, jahon miqyosida ham huquq va qonun ustuvor boʻlishi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari har tomonlama taʼminlanishi, himoya qilinishi va ragʻbatlantirilishi tarafdorimiz”.

Brifing jarayoni Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining telekanallari va axborot dasturlarida, shuningdek, “UzReport TV” telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etildi. Mazkur brifing tafsilotlari “Sevimli” telekanali va “MY5” telekanalining “Oʻzbekiston jahon maydonida” koʻrsatuvi orqali ham keng yoritildi.

Inson huquqlari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzolik: OʻZBEKISTON OLDIDAGI VAZIFALAR
Жамият
12:06 / 21:10:2020