Joriy yilning oktyabr oyida Mumbayda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorga qarshi kurash qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda “The Hindu” gazetasiga tayanib, “Armenpress” xabar berdi. – Yangi va rivojlanayotgan texnologiyalardan noto‘g‘ri foydalanish tahdidi kuchayib borayotganini hisobga olib, BMT Xavfsizlik Kengashining terrorga qarshi kurash qo‘mitasi mazkur masala yuzasidan 29 oktyabr kuni Hindistonda o‘zining maxsus yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qildi, – deyiladi nashr xabarida. Qolaversa, uchrashuvda internet va ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari, aloqa va yetkazib berish tizimlari, jumladan, uchuvchisiz uchish tizimlaridan terroristik maqsadlarda foydalanish xavfi ortib borayotganiga qarshi kurashish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Darvoqe, Mumbayda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari yig‘ilishda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy va saylangan 15 ta a’zo davlati, jumladan, Rossiya, Xitoy va AQSH vakillari ham ishtirok etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Xavfsizlik Kengashining terrorga qarshi kurash qo‘mitasi yig‘ilishi Hindistonda bo‘lib o‘tadi