BMT Trampning Eron xususidagi gaplaridan xavotirda
AQSHning Eron fuqarolik infratuzilmalari – ko‘priklar va elektr stansiyalariga ehtimoliy zarbalari xalqaro huquqni buzish hisoblanadi, dedi BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dujarrik.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarga zarar yetkazish bilan tahdid qilib, Hurmuz bo‘g‘ozini qayta ochishni, aks holda eronliklar “do‘zaxda yashaydilar”, deya ta’kidladi.
- Biz AQSHning Eron elektr stansiyalari, ko‘priklar va boshqa infratuzilmalarga ehtimoliy hujumlaridan xavotirdamiz, -dedi Dujarrik jurnalistlarga bergan intervyusida.
Bunday zarbalar urush jinoyati hisoblanadimi yoki yo‘qmi degan savolga u: “Bu holat xalqaro huquqni buzish hisoblanadi”, deya javob qaytardi.
S.Rahimov, O‘zA