BMT: Sayyoramizda qurolli mojaro juda ko‘p
Hozir jahon bo‘yicha qurolli to‘qnashuv o‘chog‘i 55 taga yetgan. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yomon ko‘rsatkich, deya bayonot berdi Jenevada uyushtirilgan brifingda Inson huquqlari bo‘yicha BMT oliy komissari Folker Tyurk.
– Dunyoda yuzaga kelgan vaziyat juda qayg‘uli, chunki hozir davrimiz zulmatga cho‘mgan, – dedi u. – Bugungi kunda sayyoramizda 55 ta ziddiyat o‘chog‘i mavjud. Bu Ikkinchi jahon urushidan buyon qayd etilgan salbiy rekord ko‘rsatkich.