Munosabat

Ayni kunlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtiroki va nutqi hamda qator rasmiy uchrashuv va muloqotlari keng jamoatchilik e’tiboridagi dolzarb ahamiyatga ega masalalardan biri bo‘lib turibdi. Mazkur tarixiy nutqda ilgari surilgan tashabbuslar, tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarning ahamiyati yuzasidan ko‘plab munosabat va fikr-mulohazalar bildirilmoqda. 

Bahora Ahmedova,

 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i:

– Shu kunlarda yurtimiz yetakchisining AQSHga tashrifi, O‘zbekiston liderining o‘zgacha hurmat bilan kutib olinishi, AQSH Prezidentining Shavkat Mirziyoyev haqidagi fikrlari, yuksak e’tiroflari, o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvlar, samarali kelishuvlar, muzokaralar, jahonning nufuzli OAVdagi chiqishlar va albatta, BMT minbarida yangragan nutqni barcha vatandoshlarim qatori men ham cheksiz g‘urur va faxr bilan kuzatdim. Aytish kerakki, ushbu tarixiy voqelik dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallayotgan, ilg‘or tashabbuslari bilan e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘layotgan Yangi O‘zbekistonning yangicha qiyofasini, o‘ziga xos pozitsiyasini namoyon etmoqda.     

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi nafaqat O‘zbekiston, balki jahon hamjamiyati uchun nihoyatda muhim va ahamiyati yuqori. Bildirilgan har bir fikr, g‘oya, tashabbusda, avvalo, inson, uning qadri, manfaati ustuvorlik qiladi. Ilgari surilgan takliflar barchani birdamlikka chorlash, tinchlikni saqlash, xalqaro miqyosdagi muammolarga hamjihatlikda adolatli yechimlar topish, xalqaro masalalarda muloqot platformalarini yaratishga qaratilgani bilan e’tiborli. 

Prezidentimiz so‘zi avvalida Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang holda demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi O‘zbekistonni barpo etishda  ochiq va pragmatik siyosat olib borilayotganini, bu borada ortga qaytmas islohotlar amalga oshirilayotganini, eng asosiy maqsad inson qadri va farovonligini oshirish ekanini qayd etdi. Barcha soha va yo‘nalishda qilingan ishlar, yangilik va o‘zgarishlarni aniq raqamlarda keltirib o‘tdi. 

Yana bir muhim jihat: nutqda bugun Markaziy Osiyo tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik makoniga aylanib borayotgani e’tirof etildi. Bu esa albatta, xalqaro munosabatlar tizimida mintaqaning alohida sub’ekt sifatida mustahkam o‘rin egallashini ta’minlaydi. 

Davlatimiz rahbari yoshlar masalasiga ham to‘xtalib, o‘g‘il-qizlarimizning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish muhimligini ta’kidlab, bu borada “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari surdi.

Yuksak faxr bilan aytamanki, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ma’naviy zalvori yuqori ushbu nutq har birimizning fuqarolik pozitsiyamizni, ertangi kunga ishonchimizni oshirishga, “O‘zbekistonlik” ekanimizdan cheksiz iftixor tuyushimizga va albatta, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladi.

Bekzod Abdirimov,

 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi davomida nufuzli kompaniyalar bilan erishilgan kelishuvlari butun dunyo jamoatchiligi e’tiborini tortdi. Ayniqsa, Boeing kompaniyasi bilan 20 ta eng so‘ngi rusumdagi drimlaynerni harid qilish bo‘yicha amalga oshirgan kelishuvi dunyoni hayratga soldi. Bu hayratni AQSH Prezidentining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi va jahonning eng mashhur nashrlari bosh sahifalaridan joy olgan maqola va munosabatlaridan ham bilishimiz mumkin.

Haqiqatdan ham bu olamshumul yangilik bo‘ldi. Chunki kompaniya o‘tgan 2024 yil davomida 51 ta shunday rusumdagi samolyotni xaridorlariga yetkazib bergan. Shunday holatda O‘zbekiston yetakchisining 20 ta samolyotni xarid qilishga qilgan qarori nafaqat ushbu kompaniya, balki jahon turizmida yetakchilik qilayotgan davlatlar, kompaniyalarni ham sergak torttirishi tabiiy. Nimaga deganda 20 ta drimlayner kuniga 3 ta xalqaro parvozni amalga oshirsa va har bir reysda 400 nafar yo‘lovchi bo‘lgan taqdirda, bir yilda 9-10 mln.ga yaqin yo‘lovchini tashish imkonini beradi. Bu esa jahon turizmida yildan-yilga barqaror o‘sishda davom etayotgan Yangi O‘zbekistonning qanday marrani ko‘zlaganidan dalolat beradi.

Shuningdek, hozirda yurtimizda mavjud bo‘lgan 7 ta drimlayner va shu rusumdagi 20 ta samolyot bilan dunyodagi drimlaynerlarga ega davlatlar ichida O‘zbekiston havo floti dunyoda 13-14-o‘rinlarni band qilishi mumkin bo‘ladi. Aslida gap bu reyting yoki hisob-kitoblarda emas, balki favqulodda boy turizm resurslarimizdan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi dadil qadam bo‘ladi. 

Muhtarama Komilova tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT minbaridagi ilg‘or tashabbuslar Yangi O‘zbekistonning o‘ziga xos pozitsiyasini namoyon etmoqda