Shveysariyaning Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoqning 148-assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ham ishtirok etayotir.

Tashrif doirasida Senat raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jenevadagi bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi samarali hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish, gender tenglikni ta’minlash borasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, 140 ga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.

T.Valovaya O‘zbekistonning BRMni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Osiyo xotin-qizlar forumi doirasida «2030-yildan keyin barqaror rivojlanish strategiyasi» mavzusida yordamchi tadbir tashkil etish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning bildirishicha, Samarqand forumi ayol deputatlar uchun 17 maqsadni 2030-yildan keyin ham amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Uchrashuvda shuningdek, inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonning BRMni amalga oshirishga oid sa’y-harakatlarini yuqori baholadi