2017-yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respubikasi tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov bilan uchrashdi.

Yuriy Fedotov boshchiligidagi BMT delegatsiya Toshkent shahriga ikki tomonlama muzokalar olib borish va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining “Terrorizmga qarshi kurash – chegarasiz hamkorlik” muvzuyidagi 5-ilmiy amaliy konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda BMT va uning ixtisoslashtirilgan institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonning BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan munosabatlarining mustahkamlash holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, turli ko‘rinish va shaklardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Bugungi kunda, O‘zbekistonda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ko‘magida milliy va mintaqaviy darajadagi dasturlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari 2016-2019-yillarda Afg‘oniston va qo‘shni davlatlar uchun mintaqaviy dasturda, hamda Markaziy Osiyo davlatlari uchun 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan dasturda ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizda 2016-2020-yillarda Narkotik moddalarni suiste’mol qilish va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, amalga tadbiq etilmoqda. Dasturda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishini tartibga solish va narkologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, norkologik xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnik zaxirasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbatda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi boshlig‘i Ashita Mittal ishtirok etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv