BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyoga keladi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning bugun boshlanadigan safari dasturiga O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston kiritilgan. Bu haqda tuzilma rahbari matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
BMT rahbari har bir mamlakatda davlat yetakchisi va hukumatning boshqa yuqori martabali vakillari bilan uchrashadi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi, mahalliy faollar bilan muloqot qiladi.
Guterrish 4 iyul kuni Ostonada bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.
O‘zA