Vatanimiz tarixidagi 23 sentyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1123 yil (bundan 902 yil oldin) – buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul-Jalil Farg‘oniy Rishtoniy Marg‘inoniy tavallud topdi (vafoti 1197 yil). Ilmiy adabiyotlarda u zotning tug‘ilgan yili borasida ixtiloflar mavjud. Ayrim adabiyotlarda bu sana milodiy 1117 yil qilib ko‘rsatilsa, ayrimlarida 1118 hamda 1123 yillar qayd etiladi. Bu o‘rinda Abu Tohirxo‘ja Samarqandiyning “Samariya” kitobi asos qilib olindi.

Burhoniddin Marg‘inoniy Qur’oni karim, hadis, fiqh ilmlarini chuqur va mukammal o‘rganganligi va bu borada o‘z davrining yetuk peshvosi bo‘lgani bois Burhoniddin, ya’ni “din isboti”, “din dalili” ismi bilan mashhur bo‘lgan. Mashhur fiqhshunos olimning bizgacha 4 asari yetib kelgan, xolos. U olijanob insoniy fazilatlariga ega, kamtarin va xokisor zot bo‘lgan. O‘zining “Kitob al-mashoyix” asarida 40 nafar ulamo, olimlarni o‘ziga ustoz deb ko‘rsatadi. Allomaning qator salohiyatli shogirdlari bo‘lgan.

Burhoniddin Marg‘inoniy musulmon dunyosiga buyuk fiqhshunos olim sifatida tanilib, uning “Hidoya” asari bir necha asrlar davomida jamiyatda huquqiy normativlarni o‘rganishda katta rol o‘ynagan. Buyuk fiqhshunos olim, ulug‘ vatandoshimiz xotirasiga ulkan ehtirom ko‘rsatilgan holda 2000 yil mamlakatimizda hijriy sana bo‘yicha uning 910 yilligi keng nishonlandi.

1860 yil (bundan 165 yil oldin) – Buxoro amirligi taxtiga Amir Nasrullohning o‘g‘li Amir Muzaffarxon o‘tirdi. Amir Nasrullohdan u vafot etganda yolg‘iz o‘g‘il – Muzaffariddin qolgan edi. Biroq amir Nasrulloh o‘limi oldidan Buxoro toju taxtini yolg‘iz o‘g‘li Muzaffariddinga emas, balki ko‘p sonli nevaralaridan biriga vasiyat qilib qoldiradi. Biroq Buxoro amirligi taxtini Amir Muzaffarxon egallaydi.

1873 yil (bundan 152 yil oldin) – Shahrisabzda Buxoro amiri Muzaffar va Turkiston general-gubernatori Konstantin Kaufman o‘rtasida shartnoma imzolandi. 1873 yilgi ushbu shartnomaning 6-moddasiga muvofiq, rus savdogarlariga tegishli Rossiyadan Buxoroga kelayotgan yoki Buxorodan Rossiyaga ketayotgan barcha tovarlardan 2,5% miqdorda zakot olish belgilandi.

1913 yil (bundan 112 yil oldin) – Xiva shahrida kasalxona ochildi. Unda ishlash uchun Saratov guberniyasidan doktor Ansimov va ayollarni davolashga Farg‘onadan doktor Asfandiyarovalar chakirildi. Xonlikda kasalxona ochilishini aholi yaxshi kutib oldi va unda davolanuvchilar tezda ko‘payib ketdi. Xivadagi ushbu kasalxonaning ochilishi marosimida qatnashgan tarixchi Bayoniy bu haqda shunday yozgan edi: “Ushbu yil zulqa’da oyida dorushshifo, ya’ni duxturxonaning binosi itmomga yetdi. Xon hazratlari onda yaxshi to‘y berib, tamomi ulamo va tamomi to‘ralar, beklar va tamomu amaldoru oqsoqollar va tamomi elni da’vat etdilar va Rusiya duxturlaridan ikki duxturni talab etib kelturmish erdilar”.

1932 yil (bundan 93 yil oldin) – hujjatli kino rejissiyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Soli Davlatov dunyoga keldi. U “Beruniy”, “Aljabr – algebra” kabi bir qancha filmlarni suratga oldi. Uning “Surxon tongi” filmi 1985 yili Riga kinofestivalida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – jahon iqtisodiy aloqalari, davlatlararo munosabatlar va diplomatiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash zarurligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatga kirishi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik, iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalar o‘rnatilishi natijasida paydo bo‘lgan yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida Prezident farmoni bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning 190 yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

2013 yil (bundan 12 yil oldin) –Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qarshi va Termiz shahri aeroportlari havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun ochildi.

2013 yil (bundan 12 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 5 bob, 28 moddadan iborat.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika baxshichilik san’ati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 11 bob, 75 moddadan iborat.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Bosh Assambleya tarixida ilk marotaba o‘zbek tilida nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini hamda O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etdi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni va “«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – Nyu-York shahrida imzolangan qo‘shma kommyunike asosida O‘zbekiston bilan Kabo Verde Respublikasi hamda Seyshel Orollari Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh Assambleyasi tarixida ilk marotaba o‘zbek tilida nutq so‘zlangan kun