Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy liga bahslarining 4-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur turning ilk kungi uchrashuvlarida “Nasaf” kutilmaganda “OIL STAR” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, "poytaxt derbisi" deya e’tirof etilgan “Paxtakor” – “Bunyodkor” bahsi 4:4 hisobida yakunlandi. Musobaqa peshqadami “BMB” jamoasi “Surxon”ga qarshi o‘tgan o‘yinda 12:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Lokomotiv” 5:2 hisobida “Maksam-Chirchiq” jamoasini taslim qildi.

Bugun, 18 dekabr kuni chempionatning ikkinchi kunida “Metallurg” – OKMK, “Maksam-Chirchiq” – “OIL STAR”, “Lokomotiv” – “Surxon”, “Dinamo” – “Dizak” klublari o‘zaro raqobatlashadi.
Ma’lumot o‘rnida: Oliy liganing 3-tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra “BMB” jamoasi 18 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 4-turdagi ilk bahslardan so‘ng aynan ushbu klub g‘alabali seriyalarini 7 taga yetkazib oldi.



Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA