“BMB” jamoasi “O‘zbekiston kubogi” sohibi bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Kecha poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuida futzal bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi” uchun kechayotgan bahslarning final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-12386]
Final uchrashuvida “BMB” hamda “Lokomotiv” jamoalari maydonga tushdi. Murosasiz va keskin lahzalarga boy bo‘lgan bahsda “temiryo‘lchilar” imkoniyatni boy berdi. Final bahsida yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan “BMB” futzalchilari 18:3 hisobida raqiblarini dog‘da qoldirdi.
Yirik hisobda g‘alaba qozongan “BMB” jamoasi “O‘zbekiston kubogi” sohibi bo‘ldi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA