Blinken va Van I telefon orqali suhbatlashishdi
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I telefon orqali gaplashib, ikki davlat o‘rtasidagi ochiq aloqa kanallaridan kengroq foydalanish, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat va pandemiya xavfini muhokama qilishdi. Bu haqda Davlat departamentining matbuot xizmati rahbari Ned Prays xabar berdi.
“Davlat kotibi Rossiya - Ukraina atrofidagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi”.
Shuningdek, Blinkenning fikricha, “global xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka tahdidlar kuchaymoqda”.
AQSH va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari "COVID-19 bilan bog‘liq mavjud vaziyatni muhokama qildilar. Davlat kotibi xalqaro hamjamiyat uchun shaffoflik muhimligini ta’kidlagan, deb ma’lumot berdi Prays.
O‘zA