Blatter FIFA prezidenti Infantinoni diktatorga qiyosladi
90 yoşli sobiq rahbar Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida Infantino FIFA içida haddan taşqari katta vakolatga ega bölib, reallikdan uzoqlaşganini da’vo qildi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning sobiq prezidenti Yozef Blatter taşkilotning amaldagi rahbari Janni Infantinoni keskin tanqid qilib, uning boşqaruv uslubini diktaturaga qiyosladi.
90 yoşli sobiq rahbar Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida Infantino FIFA içida haddan taşqari katta vakolatga ega bölib, reallikdan uzoqlaşganini da’vo qildi.
"U diktator. FIFAdagi odamlarning aytişiça, heç kimga u bilan bitta liftda yurişga ruxsat berilmaydi. U daxlsiz şaxsga aylangan", dedi Blatter.
Sobiq prezident Infantinoning boşqaruv uslubi va taşkilotning tijoriy faoliyatiga oid qarorlarini ham tanqid qildi. Xususan, u FIFA rahbari öz vakolatlari çegarasini unutganini ta’kidladi va uning ruhiy salomatligi haqida ham keskin fikr bildirdi.
Blatterning noroziligiga sabab bölgan masalalardan biri FIFA Forward Enterprise loyihasidir. Mazkur taşabbus xalqaro futbol musobaqalarining tijoriy huquqlariga xususiy investitsiyalarni jalb etişni nazarda tutgan.
Biroq loyiha UEFA, OFK va KONKAKAF kabi qit’a konfederatsiyalarining jiddiy e’tirozlariga uçradi. Natijada taşabbus bekor qilindi. FIFA ham keyinçalik uşbu loyiha böyiça xatolarga yöl qöyilganini tan oldi.
Şu bilan birga, FIFA Blatterning ayrim ayblovlarini rad etdi. Jumladan, taşkilot Infantino liftdan boşqa xodimlar bilan birga foydalanişini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, Janni Infantino 2016-yil fevralida FIFA prezidenti etib saylangan. U 2019 va 2023-yillarda muqobil nomzodlarsiz qayta saylangan edi.
FIFA prezidentligi uçun navbatdagi saylov 2027-yil mart oyida Marokaşda ötkazilişi rejalaştirilgan.