Ayni yoz mavsumida chanqoqni bosaman deb turli gazli va muzdek haroratdagi ichimliklarni iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, dasturimizning bu galgi soni aynan siz uchun tayyorlangan bo‘ladi. Sababi, shu va boshqa bir qator omillar ta’sirida yuzaga keladigan pereodontit kasalligiga loqaydlik bilan yondashib bo‘lmaydi.
Bu kelgusida o‘ta jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin...
Xususan, tishni o‘rab turgan to‘qimalarning yallig‘lanishi bilan kechadigan periodontit kasalligi milk kasalliklarini vaqtida davolamaslik (gingivit), tish toshlari va kariyeslarning yig‘ilishi, og‘iz gigiyenasiga rioya qilmaslik, zararli odatlar, immunitetning pasayishi va surunkali kasalliklar natijasida kelib chiqadi.
Toshkent davlat stomatologiya institutining yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi assistenti — Javlonbek Dusmatov periodontit kasalligi va uni keltirib chiqaruvchi oddiy hayotiy omillar, davolamaslikning salbiy oqibatlari, tish parvarishiga oid avval siz eshitmagan juda muhim va foydali tavsiyalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Salomat bo‘ling” dasturida batafsil
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/XdSK7NlNJiU?si=YCtdnePIFQ4o8BjR" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, U.To‘xtayev, O‘zA