Moskvaga allaqachon kuz yoyilgan, yomg‘irlar mavsumi boshlangan.

Moskvaga allaqachon kuz yoyilgan, yomg‘irlar mavsumi boshlangan. Yesenin kuylagan oqbadan qayinlar diydirabgina turibdi. Aeroportdan mehmonxonaga kelguncha butun Moskvani kesib o‘tdik hisob. Haydovchi arman yigit yo‘lma-yo‘l har bir diqqatga sazovor binoni erinmay tanishtirib keldi, zero bunga vaqtimiz mo‘l edi. Chunki poytaxt ko‘chalaridagi tirbandlikda masofani qarichlab o‘tdik go‘yo. Ammo gap boshqa yoqda. Azim shaharga ko‘rk bo‘lib turgan har bir bino menga imorat bo‘lib emas, Pushkin, Lermontov, Blok, Tolstoy, Chexov, Dostoevskiy, Gogol singari rus adabiyoti azamatlarining baland va mag‘rur, shimol kuzidek dilgir qaddi-qiyofasi bo‘lib ko‘rinardi.

“Izmaylovo-Delta” mehmonxonasi ulkan kemani eslatadi. Qizig‘i shundaki, uning bir derazasidan qarasangiz mahobatli va XXI asr shovqini qaynagan shahar, qarama-qarshi derazasidan boqsangiz teran o‘rmon va sokin ko‘l ko‘rinadi. Xuddi inson vujudidagi ikki qutb asabiy ong va halovat izlayotgan ko‘ngil bahsiga o‘xshaydi. Xonam ham shunday, stol ustida telefonu yana allaqanday zamonaviy apparatlar bir yon, dasta-dasta kitoblar bir yon. Ammo quvonamanki, bugun shu qo‘nalg‘ani to‘ldirib turgan aksar mehmonlar bir maqsadda – Hamdo‘stlik mamlakatlari kitobxonlar assambleyasi yig‘iniga kelishgan. Demak, kun tartibida va hayot tarkibida adabiyot, kitob, ma’naviyat...

20 ga yaqin davlat, 100 dan ortiq dolzarb ma’ruza, 300 ga yaqin mehmon. Bularni birlashtirgan yagona so‘z – kitob! Ma’ruzalar davomida Dostoevskiyning “Mutolaadan to‘xtash – fikrlashdan to‘xtashdir!” degan hikmati bot-bot yangrab turdi. Rossiya fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, Sankt-Peterburg davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori Tatyana Chernigovskayaning “Homo legens – o‘qiydigan odam” nomli ma’ruzasi hammaning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. Tatyana Vladimirovna “Insoniyatning shu paytgacha erishgan barcha taraqqiyoti – bu so‘z taraqqiyotidir aslida”, deganida, hamma so‘zsiz qo‘shildi bu fikrga.

Hassos shoira Marina svetaeva “Agar kitob o‘qilmasa – u bo‘yi, eni, vazni bor bir buyumdir, o‘qilsa – mo‘jizadir” degan edi. Men tig‘iz ma’ruzalar oqimida o‘ltirar ekanman, kun davomida tinglaganlarim asosida quyidagilarni kundaligimga qayd qildim: “Kitob nashr etish avvallari ma’naviy zarurat edi, endi esa biznesning bir vositasiga aylandi!” Assambleyaning kuyinishi, kitob va kitobxonlikning kelajagiga qayg‘urishi, texnogen dunyoning dag‘al fe’l-atvoriga ko‘nikib bo‘lgan insoniyatni kitobga qaytarishga urinishi menda shu fikrlarni uyg‘otgan bo‘lsa, ajab emas.
Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, yurtimizdagi noshirlik va matbaa sohasidagi davlat siyosati, kitobxonlik targ‘iboti, mutolaa madaniyati rivoji uchun qabul qilingan qaror va farmoyishlar assambleya ishtirokchilarida chinakam qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolarining ma’ruzalari Rossiya kitob uyushmasi kengashida alohida o‘rganish hamda o‘zlarida va boshqa davlatlarda ham amaliyotga tatbiq qilish uchun manba sifatida olingani yanada quvonarli.

Nosirjon Jo‘raev

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bizni birlashtirgan so‘z – kitob!
Жамият
16:56 / 23:09:2019