Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish bankidan chakana xizmatlar: qulaylik va zamonaviylik” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirni bank Chakana biznes Bosh direktori Feruz Xo‘jayev ochib berdi. Qayd etildiki, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan, yurtimizda bank sohasida keng ko‘lamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, aholiga taklif etilayotgan bank xizmatlari qulayligi va hammabopi, zamon talablariga mosligi bilan turfa xil ko‘rinish kasb etmoqda va bu banklar orasida raqobat muhitini yuzaga keltirdi. Demak, standart usullardan voz kechib o‘z qadriyat va tajribasiga tayangan holda yangi sharoitga tezkor moslashuvchan bank bo‘libgina ushbu raqobatda o‘z o‘rnini saqlab qolish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, "Biznesni rivojlantirish banki" ham kun sayin yangi xizmatlar yaratish va ularning o‘ziga xosligi ortidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va sonini oshirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

[gallery-19541]

Ma’lumki, 2023 yil 4 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan “Qishloq qurilish bank” negizida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashkil etildi va qisqa fursat ichida KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda «Biznesni rivojlantirish banki»ning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ishlab chiqildi va ayni paytda mazkur strategiya izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Unga muvofiq aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ham qator strategik maqsadlar belgilab olingan. Bular, mijozlar bilan munosabatlarimizning uzoq muddatlarga mo‘ljallanganligi va sifatli xizmat ko‘rsatish, Mijozlarga qaratilgan xizmat ko‘rsatish turini rivojlantirish, Aktiv mijozlar sonini oshirish, Kredit ajratishda resurs bazasini shakllantirish Matbuot anjumanida qayd etilishicha, chakana biznes modelini rivojlantirish va daromadlilik ko‘rsatkichlarini oshirish bular asosiy strategik maqsadlarimiz hisoblanadi. Bugungi kunda bankda 39 ta bank xizmatlari ofisi hamda bank xizmatlari markazi, 14 ta 2-toifali BXM, 3 ta ipoteka markazi, 560 ta Bankomat, 264 ta 24/7 bankomat shoxobchalari mavjud. Aholiga 49 turdagi chakana mahsulot va xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Strategiya asosida bu boradagi qo‘yilgan maqsad yo‘lida ko‘rilayotgan choralar ham joriy yilning o‘zida natija bermoqda. Xususan, 2024 yilning 9 oyi davomida 1,5 trln so‘m miqdorida kredit mahsulotlari rasmiylashtirildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100 mlrd so‘mga ko‘proqni tashkil etmoqda. Hozirgi kunda bankning transformatsiya jarayonlari jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Transformatsiya jarayonlaridan oldin 1 ta xodim asosan 1 turdagi xizmat yoki mahsulot sotuvi bilan shug‘ullangan va 1 kunda 40 tagacha amaliyotlarni bajargan. Jarayonlar qayta ko‘rib, transformatsiya jarayonida 1 ta xodim 4 tagacha mahsulot bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi va kun davomidagi amaliyotlar soni 100 tagacha oshishiga erishilmoqda.  

— O‘z navbatida, yangi xizmatlar joriy etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Biznesni rivojlantirish banki” Chakana biznes departament direktori Umid Alimov. – Jumladan, "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan boshqa tijorat banklarida alternativ variantlari mavjud bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Misol uchun mijozlarga Onlayn avtokredit, ta’lim krediti hamda mahsulot va xizmatlarni agent tashkilotlar orqali sotish va sotuv hajmlarini oshirishga oid yangi xizmat turlari taklif etildi. Bundan tashqari bankning mobil ilovasi hozirgi kunda to‘laqonli sotuv kanaliga aylandi. Ayni paytda mobil ilova foydalanuvchilar soni 340 mingdan ortiqni tashkil etadi. Yil boshidan 3,5 mln ga yaqin tranzaksiyalar orqali 3,1 trln so‘mlik aylanmalar amalga oshirildi. Matbuot anjumanida qayd etilishicha, barcha turdagi mahsulotlarning sotuvini onlayn kanallarda tashkil etish ustida ishlanmoqda.

Asosiy maqsad, mijozlarga qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat. Hozirgi kunda eng ommabop xizmat bu shubhasiz onlayn xizmatlar hisoblanadi. Bank tomonidan ushbu tendensiyalarga mos xizmat va mahsulotlar yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

Xususan, endilikda bank mijozlari bankning mobil ilovasi orqali onlayn tarzda avtokredit olish imkoniyati yaratildi. Ya’ni avtotransport sotib olish bo‘yicha barcha amaliyotlar mijoz tomonidan mustaqil onlayn tarzda bajariladi. Hozircha ushbu xizmat faqatgina O‘zAvto kompaniyasi tomonidan sotilayotgan avtomobillar uchun joriy qilingan. Boshqa avtotransport vositalarining rasmiy sotuvchilari va ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Va onlayn avtokredit mahsuloti boshqa rusumdagi avtomobillar uchun ham joriy etilishi rejalashtirilgan.  

Shuningdek, talabalar va ularning yaqinlari ham endilikda ta’lim kreditlarini mobil ilova orqali rasmiylashtirib ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.  

Sh.Mamaturopova, O.Pardayev (foto),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan onlayn avtokredit, ta’lim krediti xizmati joriy etildi