Mamlakatimizda 2024 yil — “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan yosh tadbirkor, “Insan Academy Group” MCHJ asoschisi, biznes konsultant, O‘zLiDePning Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi raisi o‘rinbosari Davron Ergashev bilan biznes yuritishdagi muvaffaqiyat sirlari, e’tibor qaratish lozim bo‘lgan eng muhim omillar haqida suhbatlashdik.

—  “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani biz kabi yoshlarni, tadbirkorlarni quvontirdi, — deydi Davron Ergashev. — Bu yil yoshlarimiz yanada ko‘proq tadbirkorlik qilishiga, ilm olishiga, o‘z ustida ishlashiga yanada keng imkoniyat yaratiladi. Bugungi kunda tadbirkorlarimiz qalbida ichki xotirjamlik bor.  

Bir necha yil avval mustaqil tadbirkor sifatida ish boshlaganman va turli muammolarga duch keldim. Shundan so‘ng biznes yuritish borasida bilim va ko‘nikmalarimizni boyitishga e’tibor qaratdik. Bu borada xorijiy mutaxassislardan onlayn tarzda bilim va ko‘nikmalar oldik va faoliyatimizda qo‘llay boshladik.  

Keyinchalik tanishlarga, do‘stlarga shu yo‘nalishda maslahatlar berganimizda, ularda ham muvaffaqiyatli bo‘ldi. Shu asnoda konsalting xizmatini ko‘rsatadigan firma tashkil etganmiz. Bugungi kunda o‘z tajriba va ko‘nikmalarimizni tadbirkorlarga ulashgan holda ularning muvaffaqiyatli ishlashiga ko‘mak berib kelmoqdamiz. Maqsadimiz — yurtimiz tadbirkorlarini xorijdan keladigan tadbirkorlarga raqobatdosh bo‘lishi uchun ko‘maklashish.  

Ko‘pchilik tadbirkorlik qilish niyatidagi insonlar “pul bo‘lsa, ishim yurishib ketadi”, deb o‘ylashadi. Lekin bu xato. Inson bir kasbni egallash uchun yillar davomida o‘qib-o‘rganadi. Nega tadbirkorlar o‘z bilimini boyitishga intilmaydi? Tadbirkorlik faoliyati yurishib ketishi uchun pul asosiy masala emas.  

Bir tumanda bir oyda 300 ta firma ochildi, keyingi oyda ularning 290 tasi yopildi. Qolgan 10 tasi ham foydaga kirdi, degani emas. Ularning zaxira puli bo‘lgan yoki boshqa omillar sabab davom ettirgan. 290 tasi ham yaxshi niyat bilan ish boshlagan edi. Lekin nega bunday bo‘ldi? Sababi ularga biznes yuritish bilimlari yetishmadi. Shuning uchun ham biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun eng birinchi o‘rinda mijozni jalb qilish va sotish bilimi kerak, — deydi suhbatdoshimiz.  

Shuningdek, Davron Ergashev tadbirkorlik va biznesda muvaffaqiyatga erishishning muhim omili sifatida malaka va majburiyat, ustoz-shogirdlik an’analarini e’tirof etadi. Suhbatimiz davomida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, biznes yo‘lida tajriba orttirish usullari, biznesga oid bilimlarni qanday o‘rganish mumkinligi kabi masalalar xususida so‘z yuritilgan.  

Suhbatimizning to‘liq shaklini O‘zAning barcha tarmoqlari orqali ko‘rishingiz mumkin.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/WCYhB1qk-LI" title="Biznesdagi muvaffaqiyat omillari: yosh tadbirkor bilan suhbat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Iskandar Ismatov (video),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznesdagi muvaffaqiyat omillari: yosh tadbirkor bilan suhbat (+video)