Biznes-ombudsman: mehnat qonunçiligi va gender tengligini taʼminlaş masalalari muhokama qilindi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil (Biznes-ombudsman) devonida BMTning Ayollar tuzilmasi (UN Women) konsultanti Aleksey Niyazmetov bilan işçi uçraşuv bölib ötdi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaş, xususiy sektor vakillarining huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş bilan bir qatorda, iş beruvçilarning ijtimoiy masʼuliyatini oşiriş hamda munosib mehnat şaroitlarini yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu borada xalqaro taşkilotlar bilan yaqin hamkorlik örnatiş, sohaga ilğor xalqaro standartlar va tajribalarni tatbiq etiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana şunday amaliy muloqotlarning mantiqiy davomi sifatida taşkil etilgan mazkur uçraşuv tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida mehnat qonunçiligiga rioya etilişi holatini tahlil qiliş, xususan, iş örinlarida xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlaş amaliyotini çuqur örganişga bağişlandi.
Jumladan, muloqot davomida mehnat munosabatlari, homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajariş bilan band şaxslar uçun kafolatlar yuzasidan kelib tuşayotgan murojaatlar, mehnat qonunçiligiga oid tekşiruvlarni muvofiqlaştiriş va Majburiy talablar elektron reyestrida gender tengligi normalarining aks ettirilişiga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, tomonlar tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralaşuvlarning oldini olgan holda, mehnat qonunçiligi ijrosi yuzasidan ötkaziladigan tekşiruvlarni samarali muvofiqlaştiriş masalalarini muhokama qildi.
Muloqot yakunida xususiy sektorda munosib mehnat şaroitlarini yaratiş va gender tenglik standartlarini amaliyotga keng tatbiq etiş borasida özaro tajriba almaşiş hamda hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA