Biznes-ombudsman tomonidan yurtimiz tadbirkorlari faoliyatiga ko‘maklashilib, sohada uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimlarini topishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Devon tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilib, tadbirkorlarning taklif va muammolari tinglanmoqda.
Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida faoliyat yurituvchi "YATT Tilovova" (nomi o‘zgartirilgan) rahbari kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Aniqlanishicha, tadbirkor faoliyatini rivojlantirish maqsadida don mahsulotlarini qayta ishlash uskunasi uchun 100 million so‘m kredit so‘ragan.
Biznes-ombudsman devoni aralashuvi natijasida so‘ralgan kredit mablag‘lari ajratilib, tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi va tadbirkorga kerakli summadagi kredit olib berildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA