Biz sizni unutmaymiz
Ikkinchi jahon urushi arafasida Oʻzbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan, shundan 1,5 million kishi urushda qatnashgan.
9-may – Xotira va qadrlash kuni ayni kunlarda har yilgidan koʻra oʻzgacharoq tarzda nishonlansada, maktab oʻquvchi va oʻqituvchilari bu kunning naqadar katta ahamiyatga egaligini chin dildan his etishadi.
Ikkinchi jahon urushi arafasida Oʻzbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan, shundan 1,5 million kishi urushda qatnashgan. Ulardan 500 mingdan koʻprogʻi jang maydonlarida halok boʻlgani, yana qancha-qanchasi mayib-majruh boʻlib qaytgani, qanchasi bedarak yoʻqolganini hisobga olsak, bu gʻalaba xalqimiz uchun naqadar qimmatga tushganini anglash qiyin emas.
Ayni vaqtda jang maydonlarida mardlik va jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda sogʻ-salomat boʻlib yurgan muhtaram faxriylarimizga taʼzim qilamiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.
Oʻtish davrining qiyinchiliklariga qaramay, Oʻzbekistonda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar ijobiy baholanmoqda. Hozirgi kunga kelib Koronavirus pandemiyasi global muammoga aylangan bir vaqtda Oʻzbekistonda oʻquvchilarning taʼlim olishi toʻxtab qolmadi. Toʻgʻrisini aytish kerak, gapirish va savol berish juda ham oson, lekin hayotda uni amalga oshirish, ijro qilish mushkul ish. Avvalambor hukumatimiz yordamida, qolaversa OʻzMTRK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi bilan hamkorlikda tezkorlik choralari koʻrilib,internet orqali dars jarayonini Oʻzbekistonning eng olis qishloq hududlarida ham tashkil qilish borasida zaruriy ishlar amalga oshirildi.
Maktabimiz oʻquvchilari ayni damda ham onlayn muloqot orqali saboq olish bilan bir qatorda, ular orasida 9-may kuniga bagʻishlangan “Doim yodimizdasiz, doim minnatdormiz” mavzusida onlayn tanlovlar oʻtkazilmoqda. Bir oʻquvchi bobo-buvilarining xotiralarini hikoya tarzida aytib bersa, yana biri shu mavzuda oʻrgangan sheʼrni ifodali aytib bermoqda, yana biri oʻsha davrda ijro etilgan qoʻshiqlarni mahorat bilan namoyish etmoqda, yana biri esa oʻzi chizgan rasmlarini tengdoshlariga taqdim etmoqda.
Oʻz navbatida oʻqituvchilar va ota-onalar oʻquvchilarning bu chiqishlarini baholab borishmoqda. Eng faol va isteʼdodli oʻquvchilar diplomlarga sazovor boʻlishmoqda. Eʼtirofga munosib oʻquvchilar ijrosidagi chiqishlar jamlanib, videoroliklar tayyorlanmoqda. Bu oʻz navbatida oʻquvchilarning uyda oʻtirgan holda joʻshqin hayot nafasini his etishlariga turtki boʻlmoqda.
Bu jarayon oʻquvchilar va ota-onalar oʻrtasidagi ijodiy muhitni shakllantirishda juda katta qadam boʻldi, deb hisoblayman.
Ilgari turli yumushlari bilan boʻlib, bola tarbiyasiga kam eʼtibor berayotgan ota-onalar, endilikda oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berish qanchalik mashaqqatli va masʼuliyatli vazifa ekanligini chuqurroq his etishmoqda. Hozirgi kunlarimiz har birimiz uchun sinov davri, deb baholanayotgan ekan, demak, ota-ona, oʻquvchi va maktab oʻrtasidagi munosabatlar ham juda yuqori pallaga kirganligi biz pedagoglarni quvontiradi, albatta. Ota-ona va farzand oʻrtasidagi ijodiy munosabatning yaxshilanishi bardavom boʻladi, degan umiddamiz. Zero, birlikda, hamjihatlikda amalga oshirilgan har bir vazifa kelajakda, albatta, oʻz samarasini beradi.

Shahnoza NABIYEVA,
Yunusobod tumanidagi 117-maktab direktori oʻrinbosari.