Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi jahon hamjamiyatini qattiq tashvishlantirayotgan xastaliklardan biridir. Ushbu surunkali kasallikning oldini olish borasida respublikamizda, xususan, Sirdaryo viloyatida ham barcha choralar ko‘rilmoqda. Bu harakatlar kasallik aholi orasida keng miqyosda tarqalishining oldini olmoqda.

1 dekabr "Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan ana shu kasallikning oldini olish, aholi xabardorligini oshirish maqsadida "OITSni yo‘q qilish, pandemiyani tugatish" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir Guliston shahrida viloyat hokimligi, Sog‘liqni saqlash, Ichki Ishlar va Xalq ta’limi boshqarmalari, Alisher Navoiy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi, Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida "Bu olamni, OITSsiz, beg‘ubor va chiroyli ranglarda ko‘raylik" mavzusida rangtasvir, o‘ymakorlik, naqqoshlik va tikuvchilik asarlari namoyish etildi. Shuningdek, umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida XXI asr vabosiga aylangan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi keltirib chiqaradigan kasallik, uning salbiy oqibatlari aks etgan rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Yoshlarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Viloyatdagi 12 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" bilimlar bellashuvi o‘tkazildi. G‘oliblar munosib rag‘batlantirildi. Tadbir so‘ngida "Biz OITS va OIV ga qarshimiz" mavzusidagi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Sh.Suyarov, 
F.Toshmatov(surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Biz OITS va OIV ga qarshimiz"