Suv zaxiralarining kamayishi, suv tanqisligi global muammolardandir. Mutaxassislarning fikricha, 2030 yilga borib O‘zbekistonda ham suv tanqisligi kuzatiladi. Bu – barchamiz uchun o‘ta xavotirli holat.Aholi sonining o‘sishi, yaxshi yashashga bo‘lgan intilish esa yildan yilga suvga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda.

“O‘zsuvta’minot” AJ bosh mutaxassisi Asiljon Muhitdinovning so‘zlariga ko‘ra, respublika iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan bir yilda o‘rtacha 56-57 mlrd.kub.m. miqdorida suv resurslaridan foydalaniladi. Shundan 48-49 mlrd.kub.m., ya’ni 87 foiz qishloq xo‘jaligida, 5,5 mlrd.kub.m. (9 foiz) energetika, sanoat va baliqchilik maqsadlarida, atigi 2,2 mlrd.kub.m. (4 foiz) ichimlik suv ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi.

– Suv ta’minoti tashkilotlarida ichimlik suvi aholining soni, ularning turmush sharoitlari hamda texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqiladi, – deydi A.Muhitdinov. – 2022 yilda “O‘zsuvta’minot” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan 1 728 mln.kub.metr yoki o‘rtacha kuniga 4 734 ming kub.metr ichimlik suv ishlab chiqilgan. 

2030 yilgacha aholining o‘sishi va yashash sharoitlarining yaxshilanishi natijasida markazlashgan ichimlik suvga bo‘lgan talab oshib borishi, 2022 yilga nisbatan ichimlik suv ishlab chiqarish hajmi 11 foizga oshishi kutilmoqda.

– Suv hajmining oxirgi yillarda kamayishi yoki ko‘payishi bo‘yicha xulosalar qanday?

– Suv hajmlarining oxirgi yillarda o‘zgargani, keyingi yillarda qanchaga yetishi va ko‘payish hamda kamayishini aniqlash bizning vakolatimizga kirmaydi. Bu savolga Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “O‘zbekgidrogeologiya” DUK tomonidan xulosa beriladi.

– Hozircha katta shaharlarda suv tanqisligi sezilgani yo‘q. Keyingi yillarda ham shaharlarda suv muammosi bo‘lmasligi uchun qanday chora-tadbirlar olib borilyapti?

– Bizda bu bo‘yicha bir necha yil oldin zarur o‘rganishlar olib borilib, eng kerakli loyihalarga e’tibor qaratish bo‘yicha ishlar boshlangan.

Jumladan, 2023-2030 yillarda respublika bo‘yicha qariyb 50 ming.km.dan ziyod ichimlik suv tarmoqlari hamda 2 ming dona inshootlarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu ishlarga 28,5 trln.so‘m (shundan xalqaro moliya institutlari ishtirokida 18 trln.so‘m) mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Biroq ushbu mablag‘larning o‘z muddatida va zarur miqdorda moliyalashtirilishida muammolar vujudga kelishini ta’kidlash lozim.

Yer osti va yer usti suv resurslarini “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ko‘ra birinchi navbatda ichimlik suvi uchun ishlatilishi belgilab qo‘yilgani va hozirda ichimlik suv uchun suv resurslarining bor-yo‘g‘i 4-5 foizi ishlatilishini hisobga olsak, ichimlik suvni ishlab chiqarishda va qishloq hamda katta shaharlar aholisiga yetkazib berilishida jiddiy uzilishlar kutilmaydi.

– Yangi loyihalar qaysi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi?

– Aholini uzluksiz ravishda sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida respublikamizning yirik shaharlarida Davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xonobod-Andijon magistral ichimlik suv quvurining 2-bosqich 2-qismini qurish natijasida Andijon shahrining 372 ming aholisi ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 1,25 mln. nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Damxo‘ja” mintaqalararo suv tizimiga “Galereya” usulidagi suv olish inshootini qurish” loyihasi doirasida ichimlik suv inshootining quvvatini 215 ming kub.m. dan 315 ming kub.mgacha oshirilishi natijasida Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarining 1 485 ming nafar aholisining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

Bu kabi loyihalar amalga oshirilishi natijasida Jizzax, Qarshi shahri, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlari, shuningdek, Termiz shahrining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.

– Kutilayotgan suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish uchun nima qilish kerak? Qanday takliflar berasiz?

– Kutilayotgan suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish maqsadida quyidagi ishlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:

– iste’molchilar tomonidan ichimlik suvidan samarali foydalanish;

– aholi orasida ichimlik suvdan foydalanish madaniyatini targ‘ib qilish;

– ichimlik suv tizimlaridagi qoidabuzarlik holatlarining oldini olish va aniqlangan holatlar yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilishini ta’minlash;

– qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini tomchilatib sug‘orish texnologiyalari bilan qamrab olish va mavjud suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

– mavjud sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘yicha qat’iy monitoring olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;

– sug‘orish maydonlari uchun suv olish limitlarini belgilash;

– suv omborlaridagi suv resurslaridan foydalanishni to‘liq nazoratga olish, ayniqsa, yirik suv omborlaridan suv chiqarish va nasos stansiyalaridan foydalanishni qat’iy ravishda aniq hisob-kitoblarga asoslangan talabnomalar bo‘yicha amalga oshirish.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar jadal ravishda olib borilyapti. Ammo shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: “Biz suvning qadriga yetyapmizmi?", "Jo‘mrakdan oqayotgan suv hech qachon to‘xtab qolmasligi uchun nima qilish zarur?"

Zero, biz ichayotgan suv farzandlarimizga ham qolishi kerak.

O‘zA muxbiri Nigora Rahmonova suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biz ichayotgan suv farzandlarimizga ham qolishi kerak