Jamiyatning yozilmagan qonuni bor – ko‘pchiligimiz, xususan, yoshlarimiz taniqli, mashhur odamlarga havas qilamiz, taqlid qilamiz. Bu tabiiy, chunki mashhur kishilar har doim omma ko‘z o‘ngida bo‘ladi.

Biz bugun el suygan insonlardan nimalarni o‘rganyapmiz? Xususan, san’at ahlidan?..

Darhaqiqat, san’atkorlarimiz, ya’ni madaniyat va ma’rifat tashuvchi vatandoshlarimiz bugun qay fazilatlari bilan jamiyat, xususan, yoshlarimizga o‘z ta’sirlarini o‘tkazmoqda, degan savol paydo bo‘ladi.

Ochiq tan olish lozim, bugun el taniydigan yosh san’atkorlarimizning ayrimlari ibrat bo‘lish o‘rniga, maishiy hayotini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘z-ko‘z qilish bilan ovoralar. Shunday ekan, muxlislar, jumladan, yoshlarimiz ulardan bachkanalikni, yengiltaklikni, soch turmaklash-u, antiqa kiyinishni, eng yomoni, madaniyatsizlarcha gapirishni o‘rganishmoqda, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Ma’lumki, mamlakatimizda ona tilimizga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. O‘zbek tilining yurtimizda va jahon miqyosida nufuzini oshirish bo‘yicha Prezidentimizning bir necha farmon va qarorlari e’lon qilindi. Davlat tilini rivojlantirish Departamenti tashkil etilib, butun Respublika miqyosida davlat tilida ish yuritish, milliy tilning mavqeini yanada ko‘tarish ishlari jonlanib ketdi. Departament har bir sohaga tegishli vazirlik, tashkilot va qo‘mitalarga biriktirilgan rahbarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchilari orqali mamlakatda o‘zbek tilida ish yuritishni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘ymoqda. Biroq mazkur jarayonda faqat mutasaddilarning faoliyati kamlik qiladi.

Atoqli shoirimiz Erkin Vohidov o‘zining «So‘z latofati» asarida: «Ona tili umummillat mulkidir. Demak, til oldidagi mas’uliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir», degan edi.

TILNI SHUNCHAKI VOSITAGA AYLANTIRAYOTGANLAR...

Til – millatning muhim belgilaridan biri. Uni e’zozlash shart va lozim. Ayniqsa, televideniye, kino va teatr san’ati bu borada ko‘zgu bo‘lishi kerak. San’atkorlar, qo‘shiqchilar, qiziqchilar, «QVZ»chilar hamma-hammasi shu tilning ortidan obro‘, shon-shuhrat topmoqda. Ammo tilni ulug‘layotganlar bilan bir qatorda uni shunchaki bir vositaga aylantirib qo‘yayotganlar ham, afsuski, bor.  

Mazkur soha vakillari adabiy tildan boshqa tilda (sheva va lahjalarda, rus, ingliz tilida aralash) xalqning oldiga chiqishga haqlari bormikan? Ularning bunday yo‘l tutishlari ona tiliga hurmatsizlik emasmi?  

San’atkorlar, aslida butun xalqni, muxlislarini o‘zbek tilini asrashga, til sofligiga erishishga da’vat qilishlari va bunga avvalo o‘zlari amal qilishlari lozim. Teatrlarimiz faoliyatini bu borada qoniqarli deyish mumkin, ammo kino sanoati vakillari o‘zbek tilining nufuzi haqida o‘ylab ham ko‘rishayotgani yo‘q.

"O‘zbekkino" milliy agentligi tasvirga olayotgan filmlarda qahramonlar nutqiga biroz e’tibor beriladi. Xususiy kinolar, telekanallar buyurtmasi bilan suratga olinayotgan kinoseriallar mutlaqo adabiy til me’yorlariga javob bermaydi. Kino til imkoniyatlaridan to‘la foydalanmoqda, biroq o‘zbek tili o‘zining davlat tili, adabiy til sifatidagi qadr-qimmatini tiklab olish uchun kinodan qachon foydalanadi?!

Shu o‘rinda o‘zbek adabiy tilining mamlakat miqyosida yoyilishida katta hissa qo‘shgan «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston»«Ma’naviyat va ma’rifat» kabi telekanallarda axborot informatsion dasturlarini olib borayotgan barcha boshlovchilarning, ayniqsa, dublyaj (ovozlashtirish) ustalari, xususan, Sanjar Sa’dullayev, Zulxumor Mo‘minova, Shuhrat Qayumov (marhum), Afzal Rafiqov, Hoshim Arslonov (marhum), Dildora Rustamovalarning mehnatini e’tirof etish lozim. Talaffuz masalasida bu ijodkorlar namuna darajasidadir. Adabiy til millatni birlashtiradi, shuning uchun imkon qadar jamiyatning ziyoli qatlami adabiy tilda gaplasha olish malakasiga ega bo‘lishlari kerak.  

El sevgan san’atkorning (xoh yosh, xoh katta bo‘lsin) ijodini yoqtirib muxlis bo‘lasiz, hurmatingiz oshadi, biroq uchrashuvlarda, oinai jahonda suhbat uyushtirilganda, ularning sheva va boshqa tillar aralashgan nutqidan

hafsalangiz pir bo‘ladi. Agar san’atkor uchun shu xalqning zarracha hurmati bo‘lsa, o‘z nutqi ustida ishlashi, adabiy tilda muloqot qila olishi kerak.

Maqolani yozishimga turtki bo‘lgan kino va teatr aktyori, yaqinda muborak 80 yoshni qarshilagan O‘zbekiston xalq artisti  Xayrulla Sa’diyevdir. . Televideniyeda u kishi bilan uchrashuv, suhbat tashkil qilindi. Xayrulla Sa’diyev xoh hajviy, xoh jiddiy bo‘lsin, har qanday rolni maromiga yetkazib o‘ynay oladigan sanoqli aktyorlardan biridir.

Ustoz san’atkor suhbat davomida faqat adabiy til doirasida muloqot qildi. Aktyor o‘zi uchun qadrli bo‘lgan narsalar haqida so‘z ochib qoldi. «Ona vatan», «Ona tili» haqida. San’atkor milliy tilning qadr-qimmati, ahamiyati haqida gapirib o‘z oilasida farzandlari va nabiralarigacha ona tiliga e’tiborli bo‘lishni uqtirishi, uni e’zozlash muhim ekanligiga urg‘u berdi.

San’atkorlar orasida shunday yurtsevar, til sevarlar bor ekan, o‘zbek tili o‘lmaydi.  

Iste’dodli va madaniyati yuksak aktyor Xayrulla Sa’diyevning ushbu chiqishi ziyolilarimiz, san’atkorlarimiz va xalqimizga namuna bo‘lsin! Toki har birimiz ona tilini, adabiy tilni mana shunday targ‘ib qilmas ekanmiz, haqiqiy ziyoli bo‘la olmaymiz.

G‘ofir Hamroyev, «O‘zbekkino» 

MA Bosh direktori maslahatchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biz bugun el suygan insonlardan nimalarni o‘rganyapmiz, xususan, san’at ahlidan?