Mamlakatimizda ilk bor Prezidentimizning “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu da’vatlari asosida “Ma’naviyat marafoni” bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyatida ham mazkur yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbir keng ko‘lamda va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. 

Tadbirning ochilish marosimi Marg‘ilon shahridagi Ijodkorlar bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Taniqli ijodkorlar, san’at va madaniyat xodimlari, ziyolilar va keng jamoatchilik vakillari, yoshlar qatnashgan bayramona tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov ochib, barchani ushbu ma’naviyat bayrami bilan qutladi. 

– Mamlakatimizda Yurtboshimiz boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy sohani yanada yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, – dedi Fayzullo Qosimov. – Bu kabi yirik tadbirning ochilish marosimi Marg‘ilon shahrida o‘tkazilayotgani bejiz emas. Sababi, ushbu zamin azaldan ma’naviyat, adabiyot, san’at va madaniyat o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Bu zamindan nafaqat viloyatimiz, yurtimiz, balki butun dunyoga dong‘i ketgan buyuk darg‘alar yetishib chiqqan. Prezidentimiz tashabbusi bilan Marg‘ilon shahrida Ijodkorlar bog‘i hamda Erkin Vohidov nomidagi Ijod maktabining tashkil etilgani ham yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol isboti, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. 

Milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutasaddilari, shahar jamoatchiligi va yoshlar ona Vatan, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi she’r-qo‘shiqlarni jo‘r bo‘lib kuylashdi. Milliy liboslar namoyishi ham tashkil etildi. Nuroniylar o‘z hayot tajribalaridan olgan xulosalarini o‘rtoqlashdi, yoshlarga odob-axloq, o‘zbekona lutf, millatimizga xos fazilatlar xususida gapirib berdilar. Bog‘ yo‘laklarida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosi barchaga manzur bo‘ldi. 

Viloyatdagi barcha shahar va tumanlarda, korxona va muassasalarda “Ma’naviyat marafoni”ga start berilib, turli tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Jumladan, marafon doirasida “Assalomu alaykum”, “Ajdodlar mardona ruhi bizga yor!”, “O‘zbekiston – mening Vatanim!”, “Fazilatli avlod”, “Hayo – qiz bolaning ziynati”, “Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni”, “Or-nomus – yigitning ko‘rki”, “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman”, “Milliy maqom san’ati”, “Alpomishlar o‘tgan bu diyor!”, “Vatanim bayrog‘ini baland ko‘taraman”, “Milliy qadriyatlar” kabi o‘ndan ortiq yirik loyihalar o‘tkazildi. Ularda tuman, shahar hokimlari, hokim o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari, kutubxonachilar, o‘qituvchi va o‘quvchilar qatnashishdi. 

– Bugungi tadbirlarni faxr-iftixor va xush kayfiyat bilan o‘tkazyapmiz, – deydi Marg‘ilon shahar “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Jahongir Qodirov. – Ayniqsa, yoshlarimiz juda faol. Yigitlar kurash, tosh ko‘tarish musobaqalarida o‘zlarini ko‘rsatgan bo‘lsa, qizlarimiz milliy hunarmandchilik, taom tayyorlash, lapar va alla aytish borasida bir-birlaridan qolishmadi. Shunday tadbirlarni ko‘proq tashkillashtirishga kelishib oldik. Zero, milliyligimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezarar yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. 

“Ma’naviyat marafoni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman ziyolilari, harbiylar, iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Unda mamlakatimizdagi islohotlar jarayonida kuchli ma’naviyat muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Bu yerda kutubxona, ijodkorlar xonasi, maqom, raqs, hunarmandchilik kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Maskanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada o‘tkazish imkoni mavjud. Ishtirokchilar Ma’naviyat va ma’rifat maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

– Mazkur tadbirlar yoshlarimiz qalbida milliy g‘ururni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizga bo‘lgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tuman bo‘limi rahbari Feruzaxon Omonova. – Zero, O‘zbekistonning har bir farzandi xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o‘z hayotining ma’nosi deb bilmog‘i kerak. Ushbu maskanning ochilishi katta bayramga aylanib ketdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va kechalar o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratilganidan tumanimiz ahli mamnun. Ezgu ishga bosh qo‘shgan, ko‘magini ayamagan barcha mas’ullardan minnatdormiz. 

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida marafonning yakuniy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid Hatamov ishtirok etdi va barchani ushbu ma’naviyat bayrami bilan qutladi. Marafonda faol qatnashgan, o‘z iqtidorini namoyish etib, o‘rnak ko‘rsatgan yoshlar, nuroniylar va ziyolilar munosib taqdirlandi. Ayniqsa, uzoq yillardan buyon ma’naviyat-ma’rifat sohasini rivojlantirishda o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilik hurmatiga sazovor bo‘lgan, fidokorona mehnat qilib, samarali natijalarga erishgan yurtdoshlarimizga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirilishi olqishlar bilan kutib olindi. Taniqli xonandalar, san’atkorlar tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.

– Ma’naviyat, milliy an’ana va qadriyatlarsiz hech bir mamlakat o‘zi ko‘zlagan natijaga erisha olmaydi. Buni chuqur anglagan davlat borki, ma’naviyat masalasiga e’tibor qaratadi hamda unga jamiyatning jon va qon tomiri, deb qaraydi, – deydi “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, professor Siddiqjon Mo‘minov. – Aslida, har bir oilada, mehnat jamoasida ma’naviyat, milliy an’analarga sadoqat ruhidagi suhbatlar doimiy o‘tkazilishi kerak. Oilaviy suhbatlarda, nuroniylar o‘gitida gap ko‘p. Bizga ko‘rsatilgan ushbu ishonch va mas’uliyatni sidqidildan ado etishga tayyormiz. Shu kuni mushoiralar samimiy suhbatlarga ulandi, ulug‘lar o‘gitidan kuch olgan yoshlar qalbida yangi marralar, ezgu orzu-umidlar nish otdi. Turli millat vakillari tili-yu dilidan chiqqan “Vatan”, “Ona yurt”, “Birdamlik”, “Iftixor” so‘zlari kuy-qo‘shiq, ash’or bo‘lib jarangladi. Qo‘lni qo‘lga berib, bir maqsad, yagona Vatan obodligi yo‘lida jonfidolik ko‘rsatish shu zaminda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi takror-takror izhor qilindi.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”