Bitiruvchilar Koreya-O‘zbekiston universitetida bo‘ldi
Andijon viloyatidagi umumta’lim maktab bitiruvchilari Farg‘ona shahridagi Koreya-O‘zbekiston universitetida bo‘ldi.
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribalar hamda xorijiy oliy o‘quv yurtlari imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida yurtimizda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qator oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Farg‘ona shahridagi Koreya-O‘zbekiston universiteti ana shunday oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Ayni kunda yuzlab andijonlik yoshlar mazkur oliy ta’lim muassasasida tahsil olmoqda.


Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Koreya-O‘zbekiston xalqaro universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga ko‘ra, bir guruh bitiruvchilar mazkur universitetda bo‘lib, o‘quv jarayonlari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, universitetning imkoniyatlari, qaysi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi, umuman universitetga kirish tartibi hamda o‘qish bo‘yicha zarur ma’lumotlar oldi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA