Bugun respublikamizning barcha hududlaridagi umumta’lim maktablari va akademik litseylarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyatidagi mavjud 368 ta ta’lim muassasasida ham “Ilm – eng buyuk sharaf” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etildi.  

Navoiy shahridagi 11-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, yurtboshimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.  

Tabrikda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etilib, yoshlarimiz uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘qib, bilim va tajriba to‘plashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlangan.

Jumladan, Prezidentimizning “...Bugungi kunda biz o‘z oldimizga qo‘yayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirishda butun xalqimiz qatori, bilimli, hunarli, tadbirkor va vatanparvar, har tomonlama yetuk yoshlarimizga tayanamiz.

[gallery-23555]

... Sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimizga shiddatli zamondan ibrat olib, har kuni bir natijaga erishib, irodangizni sinovlarda toblab, faqat va faqat oldinga qarab borish yarashadi.

Aminman, sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, turli sohalardagi yutuqlaringiz Yangi O‘zbekistonni yanada qudratli etadigan moddiy va ma’naviy asoslarni barpo etishga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shiladi”, – degan ishonchi nafaqat ularning qalbiga muhrlanadi, balki har bir bitiruvchiga mas’uliyat ham yuklaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda viloyatda umumta’lim maktablarini 12 ming 794 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

Yakunlangan o‘quv yili navoiylik o‘quvchilar uchun omadli yil bo‘ldi, desak mubolag‘a emas. Bitiruvchilarning 550 nafari oltin, 76 nafari kumush medallar bilan maktabni tugatayotgan bo‘lsa, 6 ming 349 nafar o‘quvchi umumta’lim fanlari va chet tilini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Ayni paytgacha bitiruvchilar orasidan 226 nafari muddatidan oldin yurtimiz va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘ldi.  

– Bugun biz yoshlar mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdamiz. Avvalo, bizga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarimizga minnatdorlik bildiraman, – deydi maktab bitiruvchisi Nigina Abdimurodova. – Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Buning natijasi o‘laroq, yoshlarimiz o‘z bilimlarini namoyish qilgan holda muddatidan avval turli xorijiy davlatlar universitetlari talabasi, degan nomga sazovor bo‘layotir. Ustozlarimning bergan bilimlari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida 4 ta fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdim va 189 ball bilan muddatidan oldin oliy ta’lim muassasasining talabasi, degan nomga sazovor bo‘ldim. Kelgusida olgan bilimlarimni qo‘llagan holda yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va el farovonligi yo‘lida xizmat qilaman.  

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida bitiruvchi yoshlar ustozlariga minnatdorlik bildirdi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchi – 2025: o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga kuzatilmoqda