Qirg‘iziston Bosh prokuraturasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirokida Bosh prokurorlar kengashi uchinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya Bosh prokurorlari hamda Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi vakili, shuningdek tashkilot Bosh kotibi ishtirok etdi.

2021 yil Bokuda tashkil etilgan TDT Bosh prokurorlari kengashining Bishkekdagi majlisida Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov videomurojaat orqali ishtirokchilarni qutladi, yig‘ilish ishiga muvaffaqiyat tiladi.

“Kabar” axborot agentligi yozishicha, prokurorlar “Zamonaviy global chaqiruvlarga samarali javob berish maqsadida TDT mamlakatlari bosh prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida ma’ruza qilgan.

Kengash a’zolari hamkorlikka oid masalalar, global tahdid, jumladan xalqaro jinoyat, terrorizm va kiber jinoyatga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi harakatlar strategiyasiga ham alohida to‘xtalgan.

“Trend” nashri xabariga ko‘ra, Ozarbayjon Bosh prokurori Kyamran Aliyev mamlakati BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasi 29-sessiyasi – COP29, joriy yil 29 sentyabrdan 2 oktyabrgacha 29 yillik konferensiya va Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi umumiy yig‘ilishiga mezbonlik qilishini ma’qulladi.

Uchrashuv yakunida Bishkek bayonoti qabul qilindi va navbatdagi yig‘ilishni 2025 yil O‘zbekistonda o‘tkazishga qaror qilindi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda TDT Bosh prokurorlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi