5 noyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriqdagi birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyani Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi X.Muhammadiyev boshqardi.

Komissiya raisi dastlab joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi natijalari haqida ma’lumot berdi.  

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga 60 ta saylov okrugi bo‘yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 16 nafar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 14 nafar, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 9 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 10 nafar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 11 nafar deputat saylangani va ular ro‘yxatga olinib, deputatlik guvohnomasi va nishoni topshirilgani qayd etildi.

Shundan so‘ng kun tartibiga muvofiq Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga, qator qonun hujjatlariga mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim qoidalar kiritildi. Bu esa hokimiyatni xalqqa yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Prezidentimizning alohida farmoni bilan jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etish, xalqning bevosita ixtiyori asosida qaror qabul qilish talab etiladigan bir qator vazifa va funksiyalar mahalliy Kengashlarga o‘tkazilganligi buning yaqqol isbotidir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada hokimning bir vaqtning o‘zida mahalliy Kengashga rais bo‘lishiga doir normaning bekor qilinishi – respublika darajasidagi hokimiyatlar bo‘linishi va o‘zaro tiyib turish prinsipining mahalliy darajada ham mavjud bo‘lishi uchun huquqiy zamin yaratdi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi. Kengashning birinchi sessiyasi Xalq deputatlari Kengashi raisini saylashdan boshlanadi.

Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash uchun deputatlar orasidan Xalq deputatlari Kengashiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiya deputatlaridan iborat siyosiy partiyalar vakillari guruhi tashkil etiladi.

Mazkur tartibga muvofiq, dastlab viloyat Kengashiga saylangan deputatlar orasidan siyosiy partiyalar vakillari guruhi tasdiqlandi. Guruhga Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan Tadbirkorlik va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili raislik qildi.

Sessiyada tanaffus e’lon qilinib, siyosiy partiyalar vakillari guruhi viloyat Kengashi raisi nomzodi yuzasidan majlis o‘tkazdi.

Tanaffusdan keyin siyosiy partiyalar vakillari guruhi 11-Yangiqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat, “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Shuhrat Xudoyberdiyevich Negmatovni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisligiga tavsiya etdi.

Deputatlar mazkur masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi va Shuhrat Negmatov Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shundan so‘ng, sessiyani Kengash raisi Sh.Negmatov boshqardi va Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning siyosiy partiyalar guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida, Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.  

Sessiyada Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.  

Qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimi lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi.  

Sessiyada Samarqand viloyati hokimi lavozimiga nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G‘.Mirzayev ishtirok etdi va yana tanaffus e’lon qilinib, Prezident maslahatchisi har bir partiya deputatlik guruhi bilan uchrashdi.  

So‘ngra Prezident maslahatchisi G‘.Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga E.Turdimov nomzodi ko‘rsatilganligini bildirdi.

Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi. O‘n yo‘nalish, 123 banddan iborat dasturda viloyat hayotining barcha jabhalari qamrab olingan bo‘lib, 2025-2029 yillarda amalga oshiriladigan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Partiyalar deputatlik guruhlari vakillari nomzod yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.  

Sessiyada Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi sessiyada Kengashga rais saylandi, viloyatga hokim tasdiqlandi