FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 88-umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yili “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bilan boshlandi.
Tantanali marosimda keyingi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilik va o‘zgarishlar, o‘qituvchilar mehnatining munosib qadrlanayotgani xususida so‘z yuritildi. Maktab jamoasining qator yutuqlari e’tirof etildi.
[gallery-25139]
Birinchi qo‘ng‘iroq o‘quvchilarni yangi marralar sari chorladi. Ta’kidlash kerak, ushbu ta’lim maskani yangi o‘quv yilida 1007 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oldi. 125 nafar jajji o‘g‘il-qiz esa maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ydi. Ularga o‘quv qurollari jamlangan Prezident sovg‘asi topshirildi.
Kamola Yusupova,
Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA