O‘rta Osiyoda milliy kinematografiya vujudga kelganiga qariyb bir asr bo‘ldi.

Birinchi o‘zbek ovozsiz badiiy filmi kinoteatrlar yuzini ko‘rganiga esa bu yil 96 yil to‘ldi.

Rus kinoijodkori Vyacheslav Viskovskiy rejissyorligida yaratilgan “O‘lim minorasi” filmi o‘zbek kinosidagi birinchi to‘liq metrajli badiiy film (melodrama) sifatida tarixda qoldi. O‘rta Osiyodagi ilk kino tashkiloti “Buxkino” tomonidan suratga olingan ushbu film shu yo‘nalishdagi dastlabki qadam bo‘ldi. “O‘lim minorasi”ning premerasi 1925 yilda bo‘lib o‘tdi. Kinofilm jahonning 14 mamlakatida, jumladan, Germaniya, Argentina, Boliviya, Braziliya, Ekvadorda namoyish etildi.

Filmda o‘n oltinchi asrga oid Buxoro afsonasi hikoya qilinadi. O‘zbek kinorejissyori, O‘zbekiston xalq artisti Komil Yormatovning qayd etishicha, Buxoro respublikasi hukumati ham birinchi badiiy filmning suratga olinishiga hissa qo‘shdi. Hukumat o‘tmish manzarasi aks etgan filmni suratga olish ishlari uchun zarur bo‘lgan milliy kiyimlar, zarbof ko‘rpa va yostiqlar, egarlar, turli-tuman qadimiy qurol-aslahalarni kinoijodkorlarga ko‘mak tariqasida taqdim etdi. Ko‘plab ommaviy sahnalarni suratga olish uchun minglab odamlar va otlar bir joyga to‘plandi.

Maorif nozirligi o‘tmish bilan bog‘liq masalalarda malakali mutaxassis maslahatini tashkil etib berdi. Buxoro respublikasi hukumati rahbari Fayzulla Xo‘jayev “Buxkino” jamoasi ixtiyoriga o‘zining qal’a devorlari yaqinida joylashgan bog‘ va uzumzorga ega shahar chekkasidagi shaxsiy uyini foydalanishga berdi. Bu yerda suratga olish guruhi tashkil etildi. Aynan shu yerda, Fayzulla Xo‘jayevning uyida “O‘lim minorasi” filmining barcha tabiiy sharoitdagi va ommaviy sahnalari suratga olindi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, o‘sha vaqtda “Buxkino”ning badiiy filmlari ancha bo‘sh bo‘lsa-da, tushunarli va soddaligi bilan ajralib turardi. Tarixchi Bahrom Irzayevning ma’lumot berishicha, ular to‘liq yevropalik aktyorlar tomonidan ijro etilib, unda milliy madaniyatni tushunmaslik holatlariga ham yo‘l qo‘yilar edi. “O‘lim minorasi” ovozsiz filmining bosh rollari ijrochilari ham yevropalik millat vakillari bo‘lishgan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, sobiq ittifoq davrida Minorai Kalonni “o‘lim minorasi” deb aytar va kitoblarga yozardilar. Afsonalarga ko‘ra, Buxoroda o‘lim jazosiga hukm qilingan kishilarni minoradan pastdagi tosh maydonchaga tashlaganlar. Ammo tarixchi Jo‘ra Barakayevning qayd etishicha, haligacha o‘sha davrga oid yozma manbalarda minoradan odam tashlangani to‘g‘risida ma’lumotlar uchramaydi.

Alisher EGAMBERDIEV

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi o‘zbek badiiy filmi suratga olinishiga Fayzulla Xo‘jayev qanday hissa qo‘shgan?