Biror kishining muayyan sohada birinchi bo‘lishi yoki biror narsaning ilk marotaba yaratilishi doimo tarixda qolgan.

YoXUD TARIXIMIZDAGI BIRINChILARNI BILASIZMI?

Biror kishining muayyan sohada birinchi bo‘lishi yoki biror narsaning ilk marotaba yaratilishi doimo tarixda qolgan. Ikkinchi bo‘lganlarni hech kim eslamaydi, hamma hurmat birinchilarga. Chunki ular birinchi!

Biroq bashariyat tarixidagi barcha birinchilarning nomi ham saqlanib qolmagan. Ko‘plari tarixning noma’lum sahifalarida qolib ketgan. Ularni jahonga “tanitish” olimlar tomonidan amalga oshirilajak ilmiy izlanishlar uchun tayyor mavzu bo‘lib turibdi.

Jahon tarixining ajralmas bo‘lagi sifatida Vatanimiz tarixida ham bir qancha birinchilar bor. Mazkur maqolada XIX–XX asrlarda yashagan, turli sohalarda birinchi bo‘lib, nomlari O‘zbekiston tarixida qolgan ayrim vatandoshlarimiz haqida hikoya qilamiz.

BIRINChI O‘ZBEK HAVASKOR ARXEOLOGI

Toshkentlik Akram Asqarov tariximizda birinchi o‘zbek havaskor arxeologi degan nom oldi. Savdogar oilasida tug‘ilgan Akramning tavallud yili haqida ma’lumotlar yetib kelmagan. Ammo uning 1891 yil 15 noyabrda vafot etgani ma’lum. U Akrampolvon nomi bilan ham mashhur. 

Akrampolvon o‘z davrining mashhur kolleksioneri sifatida turli-tuman arxeologik buyumlar va qadimgi tangalarni to‘plagan. Buni qarangki, uning birgina numizmatika kolleksiyasi 15 mingdan ortiqroq qadimgi pullardan, jumladan, 17 oltin, 1498 kumush va 13 ming 537 mis tangadan iborat. Shulardan 504 tasi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda.

1890 yilda Toshkentda ochilgan qishloq xo‘jaligi va sanoat mollari ko‘rgazmasida Akrampolvon o‘zining arxeologik va numizmatik kolleksiyalari bilan ishtirok etgan.

Akrampolvon rus olimlarining O‘rta Osiyo bo‘ylab olib borgan ilmiy kuzatishlarida ham qatnashgan. Jumladan, 1884 yilda rus arxeologi va sharqshunosi Nikolay Veselovskiyning Surxondaryo va Zarafshon vodiylari hamda Buxoroda o‘tkazgan ilmiy safarida hamrohlik qilgan.

Rossiyaning arxeologiya jamiyati Akrampolvonning arxeologiya sohasida qilgan xizmatlarini taqdirlab, uni 1887 yilda kumush medal bilan mukofotlagan.

BIRINChI O‘ZBEK MATBAAChISI VA NOShIRI

Otajon Abdalov (1856–1939) matbaachilik faoliyatini 1874 yildan, Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan Turkistondagi birinchi toshbosmada faoliyat yuritishdan boshlagan.

U 1876 yilda Abdunosir Farohiyning “Nisab us-sibyon” asarini toshbosmada bosib, xonga taqdim etadi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun O‘rta Osiyo miqyosidagi birinchi bosma kitob hisoblanadi.

Otajon Abdalov bosib chiqarish uchun loyiq asarlarni o‘zi tanlab, ularni Muhammad Rahimxon Feruz chop etishga ruxsat berishi uchun xonga tavsiya qilgan. Qo‘lyozmalarni nashrga tayyorlashda o‘ziga zamondosh bo‘lgan taniqli xattot va shoirlarning ko‘magidan foydalangan.

1876–1910 yillarda u Xiva matbaasida 10 dan ortiq kitobni nashrdan chiqardi. Ular orasida Muhammad Rahimxon Feruzning 1897 yilda bosmadan chiqqan g‘azallari ham bor edi.

Birinchi o‘zbek matbaachisi va noshiri keyinchalik Xorazm xalq hukumatining bir qancha xitobnomalari, tarixiy hujjatlarini chop etish, Xiva shahrida o‘zbek, rus, turkman, qoraqalpoq tillarida gazetalar chiqarish ishlariga ham boshchilik qilgan.

BIRINChI O‘ZBEK ADVOKATI

Jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili toshkentlik Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev (1878–1937) nomi ayrim manbalarda Ubaydulla Xo‘jaev shaklida ham tilga olinadi. U 1908–1912 yillarda Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida o‘qidi. Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni o‘ylardi. 1909 yilda rus yozuvchisi Lev Tolstoy bilan yozishmalar amalga oshirdi.

O‘qishni tugatgach, dastlab Saratov, 1913 yildan Toshkent okrug sudida xususiy advokat bo‘lib ishladi. Chor Rossiyasi hukumati ma’murlarining poraxo‘rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qo‘shilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi.

1916 yil 25 iyunda Rossiya imperatori Nikolay II “Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya rayonida harbiy inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish”, haqida farmon chiqardi. Shunga binoan Turkiston aholisidan 250 ming kishi majburan mardikorlikka safarbar qilinishi kerak edi. Bu farmon xalq g‘azabini qo‘zg‘ab, Turkiston qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi.

Ayni shu paytda Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev Toshkentda tuzilib, mardikorlikka olish ishi bilan shug‘ullangan “Turkiston mardikorlikka olish qo‘mitasi” raisi bo‘ldi. U oq podshoning mardikorlikka jo‘natish haqidagi farmonini bekor qildirish uchun mahalliy millatparvar boy Mirkomil Mirmo‘minboev bilan birga Peterburgga bordi.

Davlat dumasining 1916 yil dekabrdagi majlisida farmon Rossiya imperiyasining qonunchiligida ko‘rsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani isbotlab berildi. U Turkistondagi keyingi jarayonlarda ham faol qatnashdi.

BIRINChI O‘ZBEK PROFESSORI

Fitrat taxallusi bilan tanilgan Abdurauf Abdurahim o‘g‘li (1886–1938) nafaqat davlat va jamoat arbobi sifatida, balki 1926 yilda professorlik unvonini olgach, birinchi o‘zbek professori sifatida ham nom qoldirdi.

XX asr boshlarida uning bir qator asarlari Turkistondagi milliy uyg‘onish harakatining norasmiy dasturi bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa, “Munozara” va “Sayyohi hindi” asarlari yoshlar dunyoqarashining keskin o‘zgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qo‘shilishiga sababchi bo‘ldi.

Fitratning hayoti ancha qiyinchilikda o‘tgan. Fitrat tomonidan tashkil etilgan “Tong” jurnalining shiori bo‘lgan: “Miya o‘zgarmaguncha boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas!” so‘zlari uning shu yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini to‘la ifodalaydi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tashkil topishi bilan Fitrat 1921 yildan qator yuqori lavozimlarda ishladi. U shu davrda BXSR mablag‘lari hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o‘qishi, fan va madaniyat tarixiga doir xalq qo‘lida sochilib yotgan noyob qo‘lyozmalarni to‘plashda tashabbuskor bo‘ldi.

Fitratning sa’y-harakati bilan Buxoro jumhuriyati (BXSR)da turk (o‘zbek) tili davlat tili, deb e’lon qilindi. Uning bu ishlari mustamlakachilarga ma’qul kelmadi.

1923 yil iyunda Moskvadan Y.E. Rudzutak boshchiligida kelgan komissiya Fitratni ishdan olib, uni Rossiyaga “chaqirib olingan”, deb e’lon qildi va Fitrat 1923–1926 yillarda Moskvaga borib, Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ishladi.

Moskvada paytida birinchi o‘zbek tragediyasi – “Abulfayzxon”ni yaratdi.

BIRINChI O‘ZBEK ENERGETIK MUHANDISI

Ushbu nomga toshkentlik Saidoqil Saidxo‘jaev (1894–1968) sazovor bo‘lgan. U 1904–1906 yillarda Toshkentdagi rus-tuzem maktabida tahsil olgan. 33 yoshida, 1927 yilda Moskvadagi Plexanov nomidagi Xalq xo‘jaligi institutini tugatgan.

Saidoqil Saidxo‘jaev O‘rta Osiyoni elektrlashtirishga katta hissa qo‘shgan. O‘zbekistonda dastlabki qurilgan gidroelektrostansiya – Yo‘ldosh Oxunboboev nomidagi Oqtepa GESi qurilishiga boshchilik qilgan.

1943 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1951 yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ishlagan. 1964 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi unvoniga sazovor bo‘lgan.

BIRINChI O‘ZBEK XALQARO GROSSMEYSTERI

1954 yilning 6-sentabrida Olmaliq shahrida dunyoga kelgan Georgiy Tojievich A’zamov xotirasiga bag‘ishlab O‘zbekistonda an’anaviy turnir o‘tkazib turiladi. Chunki u 30 yoshida, 1984 yilda birinchi o‘zbek xalqaro grossmeysteriga aylandi.

Mashhur shaxmatchi 1981-, 1983- va 1985-yillarda Sobiq ittifoq chempionatlarida ishtirok etdi. 1976- va 1982-yillarda ikki karra O‘zbekiston chempioniga aylandi. Xalqaro grossmeyster darajasiga erishgan yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi bo‘ldi.

1982 yilda Yerevanda o‘tkazilgan Jahon birinchiligi mintaqaviy turnirida 7–8-o‘rinlarni egalladi. Ko‘plab nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etdi.

Alisher EGAMBERDIEV,
O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi o‘zbek professori, birinchi arxeolog, birinchi matbaachi va noshiri, birinchi advokati haqida...