Namanganda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyat va shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarida munosib mehnatlari bilan nom qoldirgan marhum hamyurtlarimiz xonadonlarida bo‘lib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirish, borlarini e’zozlashga qaratilgan yo‘qlov tadbirlari tashkil etilmoqda.

Qayd etish darkor, Namangan shahar hokimligining ijtimoiy-siyosiy nashri – “Namangan sadosi” gazetasi  chop etilganiga 30-yil to‘ldi. Tahririyat faoliyatini yo‘lga qo‘yish, vazifalarni aniq belgilash, moddiy-texnik bazasini shakllantirish kabi tashkiliy ishlarni tez va soz uddalashda birinchi muharrir Turg‘unpo‘lat Sulaymonovning xizmatlari katta bo‘lgan. O‘sha paytdagi shahar hokimi Akmalxon Ikromovning tashabbusi va muharrir sa’y-harakatlari bilan “Namangan sadosi” gazetasi 1994-yil 1-apreldan chop etila boshlangan.

Turg‘unpo‘lat akaning jamoat ishlarida faolligi, tashkilotchiligi bois gazeta ilk yillardayoq katta shuhrat qozonib, 10 mingdan ortiq muxlislar qo‘liga yetib borgan. Bugun viloyat va respublika miqyosidagi bosma nashrlar hamda teleradio kanallarida xizmat qilayotgan bir qancha taniqli jurnalistlar shu ijodiy muhitda toblanib, elga tanildi.  

Ustoz Turg‘unpo‘lat Sulaymonov 55-yil umr ko‘rdi. Habib Sa’dulla, Abduqahhor G‘afforiy, Ermuhammad Nurmatov, Alixon Xalilbekov, Nurbek Abdullayev, Komiljon Fayziyev, Rahimjon Irisov singari ziyolilar bilan bamaslahat gazeta sahifalari mazmundorligi ta’minlagan.

Shahar hokimligining sa’y-harakati bilan Namangan shahrining Olvalizor mahallasidagi ijodkor yashab o‘tgan xonadonga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, faollari, gazeta tahririyati xodimlari yo‘qlov tadbirini uyushtirdi. Bundan ko‘ngillari quvonchga to‘lgan Turg‘unpo‘lat akaning farzandlari, nabira-evalarining yuzlarida yo‘qlovdan faxr-iftixor tuyg‘ulari aks etdi.  

Namangan shahri hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev Turg‘unpo‘lat Sulaymonov sha’niga samimiy dil izhorlarini bildirdi. Esdalik sovg‘alari berildi. Xonadon sohiblari yo‘qlov uchun, ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

– Shu o‘tgan o‘ttiz yillik davr mustaqillikni asrash va mustahkamlash uchun tom ma’noda kurash jarayoni bilan kechdi. Gazeta ana shu mas’uliyatli davrda xalqni istiqlol g‘oyalari tevaragida birlashtirishda o‘zining munosib ulushini qo‘shdi, – deydi “Namangan sadosi” gazetasi muharriri Ulug‘bek Ro‘zimatov. – –Ustoz Turg‘unpo‘lat Sulaymonov nomi tahririyatimizning yangi avlod ijodkorlari va Namangan shahrining keng jamoatchiligi xotirasida hamisha yashaydi..

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi muharrir xotirlandi