Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 583-saylov uchaskasida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni 1 ming 720 nafarni tashkil etadi. Muddatidan oldin ovoz berganlar soni 49 nafardir. Saylovda ilk ovoz berishga qatnashayotgan yoshlar soni18 nafarni tashkil etadi.

Ular orasida “Ibrat farzandlari” loyihasi menejeri Ulug‘bek Abdullayev ham bor. 
 
–Bugun poytaxtimizdagi 583-saylov uchastkasida ilk fuqarolik burchimni bajardim, – dedi U.Abdullayev. – Saylov uchastkasida kitob ham sovg‘a qilishdi. Saylovda o‘z nomzodimga ovoz berar ekanman, bu menga g‘urur va iftixor baxsh etishi qatorida o‘zimni jamiyat uchun kerakli fuqaro ekanimni his etdim. Bu jarayon jamiyatda faol bo‘lishga turtki beradi. Bugun esa birinchi marotaba shunday siyosiy voqea ishtirokchisiman. Saylovda Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning farovon hayoti va yoshlar kelajagi uchun ovoz berdim. 

Nasiba Ziyodullayeva, 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Birinchi bor siyosiy jarayonda ishtirok etdim”