Farg‘ona viloyatida tarixiy yodgorliklar, qadamjolar, insonni hayratga soladigan osori atiqalar, noyob narsalar juda ko‘p.

Nursux – O‘zbekiston tumanida joylashgan eng katta va tarixiy qishloqlardan biridir. Bu yerda ayni paytda 23 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Mazkur qishloq olimlari, mirishkor dehqon va chorvadorlari, mamlakatimizga tanilgan huquqshunoslari bilan mashhur. Muqimiy “Sayohatnoma”sida qishloqning shirindan shakar mevalari haqida o‘zgacha zavq bilan shunday yozgan edi:

Nursux kabi ham yurt yo‘q,
Bog‘dor-u dehqon qorni to‘q,
Masjidlari ham ko‘p uluq,
Turfa farah osor ekan.

Tabiati betakror bo‘lgan ushbu qishloqda dehqonchilik, ayniqsa, uzumchilik azaldan rivojlangan. Hatto qishloq nomi ham shu bilan bog‘liq. Tongda bosh ko‘targan quyosh avval hovlidagi tok barglariga tushib, yerga soya bergani uchun “Nurisurx”, ya’ni “Qizil nur” ma’nosini anglatadi, deya taxmin qilinadi. Keyinchalik bu xalq tilida Nursux deb atala boshlangan.

Nursuxdagi Sulton Sayyid Kamoliddin ota ziyoratgohi hamda Sarttepa tarixiy obidasi xalq sayillari, bayramlari o‘tkaziladigan muborak maskan. Shu qishloqda yashovchi Hasanboy Ahmedovning qayd etishicha, xalq tilida Xo‘ja Pista Bobo nomi bilan tanilgan 60 gektarlik mazkur ziyoratgoh bir necha asrlik tarixga ega. 

Ziyoratgoh o‘rtasidagi pista daraxti 1200 yillik bo‘lib, bir paytlar unga o‘nta odamning qulochi yetmas edi. Bundan taxminan ikki yuz yillar avval bu yerda yong‘in bo‘lgach, pista daraxti hajmi ancha kichrayib ketdi. Xalq orasida bu mo‘jizaviy daraxt haqida turli afsona va rivoyatlar keng tarqalgan.

Rivoyatlarga qaraganda, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan uch nafar aka-uka avliyolar Makka va Madina shahridan yo‘lga chiqib, bir qo‘llarida pista, birida yong‘oq daraxtidan tayyorlangan hassa bilan shu ziyoratgohda to‘xtashgan. Hassalarini quruq yerga suqib qo‘yishgach, undan mana shu pista va yong‘oq daraxti deyarli bitta daraxt tanasi bo‘lib unib chiqqan. 

Yana bir qiziq tamoni shundayki, ushbu daraxt ziyoratgohning qoq o‘rtasida suvsizlikdan qurib qolmasdan yashab kelmoqda. 1200 yildan buyon bu daraxtning hosil berayotgani haqiqatdan ham chinakam mo‘jizadir. Mazkur daraxt bir yili pista, ikkinchi yili yong‘oq hosil berishi bilan barchani hayratga soladi. Abadiyat timsoli bo‘lgan bu daraxt xalqimiz bilan birga tarixning birda qayg‘uli, birda quvonchli ne-ne voqealariga guvoh bo‘lmagan deysiz! 

Mazkur ziyoratgohda uch mashhur valiy – Xoja Hasan Nuriy, Hazrat Said Kamol ota va Sulton pesh bobolar mangu qo‘nim topgan. Bu maskan yurtdoshlarimizning tabarruk ziyoratgohiga aylangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir yili pista, ikkinchi yili yong‘oq beradigan daraxtni bilasizmi?