AQSH kasalxonalaridan birida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bemorlar – bir tanada yashagan egizaklar.

Ma’lum bo‘lishicha, gavdalari qo‘shilib ketgan chaqaloqlar bir-biridan muvaffaqiyatli ajratilgan va taxminan bir oy o‘tib, ikki aka-uka qayta tug‘ilishini nishonlaganlar.

Filadelfiya shahrida yashovchi Amari va Javar Ruffinlar 2023 yil sentyabrida tug‘ilgan.

Ko‘krak suyagi, qorin devori va jigarining bir qismini o‘zaro baham ko‘rib yashagan bolakaylarning umumiy og‘irligi 2,7 kg edi.

Bolalar kasalxonasida yigirmadan ortiq mutaxassis, jumladan jarroh, anesteziolog, rentgenolog, hamshira va boshqa ko‘plab mutaxassislardan iborat guruh 21 avgust kuni bolalarni ajratish uchun sakkiz soat davomida harakat qildi.

Bolalarning qorinlari yopilgan, qatlamli to‘r va plastik jarrohlik usuli yordamida qayta shakllantirildi.

– Bu holatda dunyoga kelganlarni ajratish har doim qiyin kechadi, chunki har bir egizak tanasi o‘ziga xos xususiyatga ega, – deydi umumiy pediatriya va homila jarrohi Xolli Xedrik. – Murakkab operatsiyaga kirishdan oldin soatlab tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manbaga ko‘ra, bolalar bir oy kasalxonada bo‘lgan.Nihoyat, seshanba kuni ota-onasi Tim va Shaneka ularni uyga olib ketgan.

– Ularning har birini o‘z to‘shagida ko‘rish ta’riflab bo‘lmaydigan tuyg‘u, – deydi Shaneka Ruffin. – Olti kishilik oila sifatida yangi hayot boshlayotgandekmiz. Qayg‘uli kunlarni yengishda yordam bergan va keyingi bobni boshlash imkonini taqdim etganlardan juda minnatdormiz.

Darvoqe, ota-ona egizaklar qo‘shilgan holatda dunyoga kelishini homiladorlikning 12-haftasida muntazam ultra tovushli tekshiruv orqali bilgan. Onaga, hatto, homiladorlikni to‘xtatish va bolalarni oldirib tashlash tavsiya qilingan. Shifokorlar o‘g‘il bolalarda bunday amaliyot kamdan-kam hollarda muvaffaqiyat keltirishini qayta-qayta aytsa-da, onaizor jigarbandlaridan voz kechmagan.

Egizaklar qo‘shilib tug‘ilishi juda kam uchraydigan hodisa. Ushbu kasalxona ham mamlakatning bu borada muayyan tajribaga ega sanoqli shifoxonalaridan biridir.

Musumon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir tanada yashagan ikki chaqaloq ajratildi