Navoiy shahar adliya bo‘limiga fuqaro Sunnat Orziyev qizi Z.Sobirjonova maktabidan shahodatnoma ololmayotganligi va Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatini qonunga xilof deb topish va ularga majburiyat yuklash yuzasidan murojaat qildi. 

Gap shundaki, Z.Sobirjonova Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sport bilan shug‘ullanib kelgan. U markaz direktorining tegishli buyruqlari bilan 2024 yilning may-iyun oylarida dastlab Toshkentdagi “Dukent” sport o‘quv kompleksida musobaqaga tayyorgarlik ko‘rgan, keyinroq Qirg‘izistonning Bishkek shahrida sportning kurash turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada qatnashgan. Navoiyga qaytib, yangi o‘quv yili boshlanganida tahsil oladigan maktab tomonidan unga davlat attestatsiya imtihonlaridan qolib ketgani va shahodatnoma ololmasligi xabari berilgan.

– Murojaat yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, fuqaro Sunnat Orziyevning manfaatida uning voyaga yetmagan qizi Z.Sobirjonovaning haq-huquqlari himoyasida Navoiy tumanlararo ma’muriy sudiga da’vo arizasi kiritildi, – deydi Navoiy viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Shirinbek Ochilov. – Sudning qonuniy qaroriga asosan Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mansabdorlarining harakati qonunga xilof deb topildi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi zimmasiga Z.Sobirjonovaga 9-sinfni tugatganligi to‘g‘risida shahodatnoma berish majburiyati yuklandi. 

Sportchi qizning haq-huquqlari bir yil kechikib bo‘lsa-da tiklandi. Aks holda Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakati bilan bir o‘quvchi “sinfidan qolib ketgan” bo‘lardi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir shahodatnoma mojarosi yoxud “sinfidan qoldirilgan sportchi qiz”