yoxud O‘zbekistonga milliy sport turlari festivali kerakmi?

Munosabat

Dunyoda sport o‘yinlari, festivallar bisyor. Professional sport turlari bo‘yicha o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridan tashqari bir qator mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, tuzilmalarning o‘z o‘yinlari, festivallari mavjud.

Birgina Amerika Qo‘shma Shtatlarida turli sport yo‘nalishlari va ko‘ngilochar chiqishlarni jamlagan 20 ga yaqin xalqaro festivallar, ko‘rgazmalar, o‘yinlar o‘tkaziladi. Ayrimlari har yili, ba’zilari ma’lum bir muddatlarda tashkil etiladi.

Masalan, kino va sport olami yulduzlari Chak Norris yoki Arnold Shvarsenegger nomlari bilan bog‘liq sport fesitavallari yoki talabalar ishtirokidagi sport o‘yinlari nafaqat Amerika shtatlarida, balki dunyo sport ixlosmandlarida ham hamisha katta qiziqish uyg‘otib keladi.

Xuddi, shuningdek, 2011 yili tuzilgan va shu kunlarda 200 ga yaqin davlatni jamlagan Xalqaro etnosport federatsiyasi hamda uning shafeligida o‘tkazilib kelinayotgan etnosport o‘yinlari yoki Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan yakka kurash sport turlarini jamlagan Butunjahon jang san’atlari festivali dunyodagi mavjud sport o‘yinlari va turlarini rivojlantirishga, xalqaro maydonda keng yoyilishiga xizmat qilib kelmoqda.

Birgina Janubiy Koreyada o‘tadigan Butunjahon jang san’atlari festivali jahondagi yakka kurash sport turlarini “Yunesko” tuzilmasida ommalashtirishga xizmat qilish bilan, koreys xalqining milliy o‘yinlarini, endi-endi xalqaro maydonga qadam qo‘yayotgan milliy sport turlarini, qadriyatlarini keng yoyilishiga, takomillashishiga hissa qo‘shmoqda.

Xo‘sh, jahonda ushbu tamoyil asosida tili, dini, qarashlari turfa bo‘lgan insonlarni sport atrofida birlashtirayotgan, sog‘lom raqobatni, sog‘lom turmush tarzini kuchayishiga hissa qo‘shayotgan shunday festival yoki sport o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyati qanday?

Shu o‘rinda aytish joiz, 2014 yildan beri Qirg‘izistondagi bir guruh tashabbuskorlarning harakati hamda Qirg‘iz hukumatining qo‘llovi asosida Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlariga asos solindi.

Zamonaviy sport turlari hamda ko‘chmanchi xalq va elatlarga tegishli bir qator milliy sport turlarini qamrab olgan ushbu o‘yinlarning ilk musobaqasi 15 ga yaqin yo‘nalishlarda o‘tkazilib, 20 dan ziyod davlatlar o‘z sportchilari bilan qatnashgandi. 2018 yilgi o‘yinlarda mamlakatimiz sport delegatsiyasi 13 ta sport turida 58 nafar sportchi bilan ishtirok etib, 33 ta oltin-kumush-bronza medallariga musharraf bo‘lgandi.

Mazkur o‘yinlar 2020 yili Turkiyada o‘tkazilishi belgilangan edi. Ammo, epidemiologik vaziyat sababli o‘yinlar joriy 2022 yil sentyabr oyida o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Albatta, qirg‘iz qardoshlarimiz tashabbusi va hamkor davlatlarning hamjihatligi asosida vujudga kelgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarining tashkil etilishi, uning tizimli tarzda o‘tishi ijobiy hol. Bu, mahoratli sportchilarni kamol topishida, jismoniy tarbiyaning ommalashishiga va eng muhimi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Yodimizda, 1991 yili mamlakatimiz mutaqilligining ilk yilida Jizzaxda tamal toshi qo‘yilgan Xalq o‘yinlari 1992 yildan e’tiboran rasman Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari olimpiadasi tarzda o‘tkazilishiga qaror qilingandi. Xalqimizga xos milliy o‘yinlar, musobaqalar o‘sha Jizzax o‘yinlari asnosida qaror topgan edi. Musobaqalarni o‘tkazish qonun-qoidalari yaratilib, kitoblar, qo‘llanmalar chop etilgandi. Bu yo‘lda o‘sha yillari Jo‘raqul Tursunov, Tal’at O‘smonxo‘jayev, Faxriddin Xo‘jayev, Safar Ostonov, Tuhfat Odilov, Ashur Normurodov kabi milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining fidoyi olim va ziyolilari izlanishlar olib borgandi. Yurtimizning bir qator go‘shalarida azaliy qadriyatlarimiz bo‘lgan milliy o‘yinlar bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar amalga oshirilgandi. Biroq, katta orzular bilan vujudga kelgan milliy o‘yinlar festivali 20 asrning so‘nggi yillarida ma’lum sabablarga ko‘ra, rasmiy maqomda o‘tkazilishi tarixga aylandi.

Aynan o‘sha davrlarda xalq o‘yinlariga qiziqish, e’tibor asnosida bir qator milliy o‘yinlar birin-ketin sport turlari maqomiga ko‘tarildi. Kurash, turon, belbog‘li kurash, o‘loq-ko‘pkari, keyinchalik o‘zbek jang san’ati, bel olish turlari shular jumlasidan.

bugungi kunda ham yurtimizda xalq o‘yinlarining ayrim yo‘nalishlarini rivojlantirish, ularning sport terminologiyasini yaratish yo‘lida ko‘plab mutaxassislar, jumladan Fikrat Kerimov, Norqul Yusupov, Po‘lat Usmonov, Nosir Azizov kabi sport sohasi xodimlari, yosh tadqiqotchilar izlanishlar olib borishmoqda. Ammo, bu harakatlarni yangi bosqichga olib chiqish, xalqimizning bebaho boyligi bo‘lgan qadriyatlarimizni xalqaro maqomga ko‘tarish borasida hamjihatlikning, yakdillikning yo‘qligi achinarli holdir.

Axir, xalqimizning benazir tarixi, ajdodlardan meros nomoddiy madaniy qadriyatlarga e’tibor ko‘satish, uni yangi bosqichga olib chiqish Yangi O‘zbekiston strategiyasining bosh mezonlaridan biri etib belgilanganligini unutmaslik kerak.

Shu bois, bobo meros qadriyat bo‘lgan xalq o‘yinlari namunalarini to‘plash, o‘rganish va qayta tiklash, milliy sport turlarini rivojlantirish, uning xalqaro mavqeini yuksaltirish O‘zbekistonning jahon maydonidagi nufuzini oshiruvchi, qiyofasini ko‘rsatuvchi, imijini belgilovchi yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil “Milliy xalq o‘yinlari” xalqaro festivalini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilganligi ham ayni masalaning muhimligidan dalolat. Lekin, dunyoda koronavirus balosining keng yoyilishi, epidemiologik vaziyatning chigalligi oqibatida ushbu loyiha hanuzgacha o‘z harakatini kutib turibdi.

Bundan bir oy muqaddam mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligining tashkil etilishi esa ushbu ishlarning samarali yechim topishida asqotishi shubhasiz.

Zotan, milliy qadriyatlarni xalqaro maydonda e’tirofga erishishini ta’minlash, xalq o‘yinlari va milliy sport turlari rivojini yangi bosqichga olib chiqishdan boshlanadi. Qolaversa, o‘zligimizni namoyon etadigan bunday anjumanlar madaniy merosimizga qiziquvchi turistlar oqimini yurtimizga e’tiborini yanada ortishiga ham hizmat qilishi tabiiy.

bugungi kunda yoshlar qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashash, aholi orasida qadriyatlarimizga muhabbat tuyg‘usini yanada kuchaytirishda milliy sport va xalq o‘yinlarining ahamiyati, o‘rni nechog‘li salmoqli bo‘lishini nazarda tutgan holda O‘zbekistonda milliy sport turlari va xalq o‘yinlari festivalini yangicha maqomda tashkil etish, uni “Yunesko”ning tuzilmalariga kiritishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.

To‘lqin RO‘ZIEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir qator mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning o‘z festivallari bor