Vatanimiz tarixidagi 4 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1757 yil (bundan 268 yil oldin) – Buxoro amirligi tarkibidagi Denovda hokimiyatdan olib tashlangan mahalliy amir navkarlari va savdo ahli o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu voqea Muhammad Sharif Naqiyning “Toj ut-tavorix” asarida quyidagicha tasvirlanadi: 

“1757 yil 4 may kuni Denov shahrida odatdagicha viloyatning hamma tomonlaridan oldi-sotti qilish uchun kelgan juda ko‘p kishilar to‘plangandi. Ular hech narsadan xabarsiz o‘zlarining savdo ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib foyda chiqarib olish bilan ovora edilar. Ammo qo‘zg‘olon ko‘targan mahalliy amirning (buxoroliklar ag‘darib tashlagan Muhammad Aminboy yuzning) yigitlari har qaysi darvozadan bitta-bitta shahar ichiga kirib keldilar va xalq bilan liq to‘la savdo qizib turgan bozorga hujum qildilar. 

Ular yovvoyi sherlardek tinch aholi ustiga yopirildilar, bozorni tarqatib yuborib mollarni va qimmatli buyumlarni bosib oldilar. Arkdan bozorga o‘z ishi bilan kelgan buxorolik sarbozlarni tutib olib shu joyning o‘zidayoq o‘ldirdilar”. Bu qo‘zg‘olon Buxoro hukmdori Muhammad Rahimbiy tomonidan 40 ming kishilik qo‘shin bilan shafqatsizlarcha bostirildi va uning rahbari Omon Boqiy qatl etildi.

1880 yil (bundan 145 yil oldin) – Qo‘qon xoni Umarxon va Nodirabegimning nabirasi Muzaffarxon Makka ziyoratidan qaytgach Toshkentga kelib, o‘lka ma’muriyatidan Toshkentda yashashga ruxsat so‘radi. Chunki Qo‘qon xonligi 1876 yilda ruslar tomonidan tugatilib, uning hududlari markazi Toshkent shahri bo‘lgan Turkiston general-gubernatorligiga qo‘shib olingan edi. Biroq Muzaffarxonning iltimosi qondirilmay 50 so‘m nafaqa bilan qo‘riqchilar biriktirilib, xonning o‘g‘li Verniy shahrining rus qismiga uy qamog‘ida yashash uchun yuboriladi. Muzaffarxon 1884 yildagina uy qamog‘idan ozod qilinadi.

1897 yil (bundan 128 yil oldin) – infeksionist-terapevt, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Aleksandr Kasenovich dunyoga keldi (vafoti 1962 yil). U O‘zbekistonda uchraydigan gemorragik isitmani birinchi bo‘lib aniqlagan.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – provizor olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Hamid Xolmatov tavallud topdi. U 1970–1985 yillarda Toshkent farmatsevtika institutining rektori bo‘lgan. Ilmiy ishlari, asosan, O‘zbekiston xalq tabobatida qo‘llaniladigan, xususan, Ibn Sino ishlatgan dorivor o‘simliklarni farmakognostik o‘rganish va tibbiyotga tatbiq etishdan iborat bo‘lgan.

1934 yil (bundan 91 yil oldin) – Xalq ta’limi kadrlari malakasini oshirish instituti (hozirgi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti) tashkil etildi.

1953 yil (bundan 72 yil oldin) – “O‘zbekipaksanoat” tresti “Ipakchilik bosh boshqarmasi”ga aylantirildi. U O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibida faoliyat yuritib, yuridik shaxs sifatida huquqlarga va o‘zining gerbli muhriga ega bo‘lgan.

1990 iil (bundan 35 yil oldin) – O‘zbekiston Prezidentining “Navro‘z xalq bayramini o‘tkazish yakunlari to‘g‘risida”gi farmoni matbuotda e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston hududida har yili 21 mart dam olish kuni va umumxalq “Navro‘z” bayrami kuni deb e’lon qilindi. Shuningdek, 1990 yil martda “Navro‘z” bayramining o‘tkazilishida faol qatnashgan bir guruh san’atkorlar va madaniyat xodimlariga O‘zbekiston faxriy unvonlari berildi.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – soat 6 dan 45 daqiqa o‘tganda Toshkent viloyatining Angren tumani Jigariston qishlog‘ida surilma yuz berdi. Surilish nihoyatda tez sur’atda kechib, natijada aholi orasida qurbonlar bo‘ldi. Surilgan tuproqning qalinligi ba’zi joylarda 20 metrga yetgan. Jigariston qishlog‘ining surilma ostida qolgan qismi shahidlar qabristoni deb nomlandi. Jigaristonlik bir qancha oila boshpanasiz qoldi. Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan aholi uchun qisqa muddat ichida davlat tomonidan xavfsiz joyda yangi Jigariston shaharchasi qurildi.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turkiya Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasini va Bosh konsulxonasini ochish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – ijodkor yoshlarning “Iste’dod” respublika jamg‘armasi tuzildi.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – milliy adabiyotni va madaniyatni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitish yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonidagi faol ishtiroki uchun O‘zbeikston xalq shoirlari To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibrohim Yusupov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutini tashkil etish to‘g‘risida”, “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir ofat tarixi: Jigariston fojiasi