Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasiga ajratilgan byudjet mablag‘larining hududlarda maqsadli sarflanishi holati o‘rganildi.

Agentlik axborot xizmatidan xabar berishlaricha, 2023-yil davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida respublika byudjeti hisobidan xarid qilingan kompyuter va boshqa vositalarning tavsiya etilgan texnik topshiriqlarga muvofiqligi hamda moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.  

Yetkazib  berilgan kompyuterlarning texnik xususiyatlari o‘rganilganida shartnomada ko‘rsatilgan talablar to‘liq bajarilmagani aniqlangan.  

O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar mas’ul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.  

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Toshkent shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi va “Smart Sales Leader” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, jamiyat tomonidan yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha elektron vositalar yetkazib berilmasdan, jami 919 million 360 ming so‘m miqdordagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.  

Holat yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi hamda 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

N.Abduraimova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir million dasturchi” loyihasiga ajratilgan pullar talon-toroj qilingan