Qaror va ijro

Toshkent viloyatidagi hokim yordamchilarining sa’y-harakati bilan 679,1 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. 
Joriy yilda esa “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili bo‘yicha har bir mahallada ma’lum bir ekin turlarini joylashtirish maqsad qilinmoqda. 

Bunda mahalladagi aholi tomorqalaridagi mahsulotlar turi va navini bir toifaga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mahallalarga eksportyorlarni jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Jumladan, Prezidentimizning 2024-yil 5-martdagi “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham bu borada muhim vazifalar belgilangan. 

Shundan kelib chiqib joylarda tajribali tomorqachilar faoliyati ommalashmoqda. O‘rta Chirchiq tumani “Yangiyo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sanjar Haydarov hali yosh bo‘lishiga qaramay 1 gektar maydonda manzarali daraxt ko‘chatlarini qalamcha usulida yetishtiradi. Mahalliy qalamchalarga xorijiy nav payvandlanib, iqlimga moslashtirilmoqda. Uning mahallada shogirdlari ham ko‘paygan. Hozir oilaviy tadbirkorlikning bu yo‘nalishi tumanda sekin-asta ommalashmoqda. 

– Hozir issiqxonamizda 60 mingdan ziyod ko‘chat bor, – deydi oilaviy tadbirkor Sanjar Haydarov. – Parvarishlayotgan ko‘chatlar navi va yoshiga qarab 20 ming so‘mdan 6 million so‘mgacha sotiladi. Daromadimiz ham shunga yarasha bo‘lmoqda. Bu kasb kishini sabrli va mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgatarkan. 

Qibray tumanidagi aholi tomorqa yerlarida limon va qulupnay yetishtirish ancha rivojlangan. Bugun ko‘pchilik qibrayliklar shu orqali oilaviy daromadlarini oshirmoqda. Ulardan biri “Shodlik” MFYda yashovchi Normat Yusupovdir. U o‘z xonadonidagi ikki sotix yer maydonida issiqxona barpo etib, 25 tup limon ko‘chatini parvarishlaydi. Yiliga 2 tonna hosil yetishtirib, 40 million so‘m daromad olmoqda. Normat akaning faoliyatini kengaytirish uchun mahalla raisi va hokim yordamchisi tomonidan 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi. Shu kunlarda Qibray tumanida tomorqachilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning takliflari va tashabbuslarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda. 

Chinoz tumanida aholi bilan tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, kooperatsiyalar tashkil etilgan. Tomorqasidagi bo‘sh yerda baliq boqish uchun hovuzlar tashkil etgan uy egalari 30 nafarga yetgan. Ular “Chinoz Shuhrat tayyorlov savdo” MCHJ bilan hamkorlikda kooperatsiya usulida mahsulot yetishtirmoqda. Bunda har bir sun’iy suv havzalarida boqilgan baliq mahsulotlaridan yiliga o‘rtacha 30 million so‘m miqdorida sof foyda olish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, xonadon egasiga har oy 1,2 million so‘m miqdorida ish haqi to‘lab beriladi. 

Mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazganda yana 100 nafar xonadon egasi bu loyihaga qiziqish bildirdi. Endilikda bu fuqarolar sohaga o‘qitilib, kooperatsiyaga jalb etiladi. Natijada mahallada ixtisoslashuv kengayadi. 

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Unga ko‘ra, ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratilib, ular tajribali fermerlar, eksportyorlarga kooperatsiya asosida biriktiriladi. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir mahalla – bir mahsulot