Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida Nukus shahrida 25 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosi foydalanishga topshirildi.

“Nao‘qan bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binosining ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Sh.Otemisov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Turmanov, Nukus shahar hokimi A.Daniyarov so‘zga chiqib, barchani Mustaqilligimizning 34 yilligi, mahalla ahlini esa yangi bino ochilishi bilan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan  hududlarni obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi, gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Nukus shahrida 71 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, ularning aksariyati zamonaviy binolarga ega bo‘ldi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori asosida joriy yilda Nukus shahrida “Yo‘lchilar”, “Qizilqum”, “Qos ko‘l”, “Naupir” hamda “Chimboy guzori” mahalla fuqarolar yig‘inlarida  mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” faoliyatini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ularning har birida 10 nafardan kam ta’minlangan xonadonlardan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash belgilangan.

Bugungi kunda Nukus shahri hududidagi 8 ta og‘ir mahalla fuqarolar yig‘inida umumiy qiymati 23,6 milliard so‘mlik qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 7 ta mahalla fuqarolar yig‘ini  hududida aholini qiynab kelayotgan tomorqa yerlarini sug‘orish tizimlarini yangidan qurish orqali ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Shuning natijasida og‘ir hududlarning tomorqa yerlarini sug‘orish tizimlaridagi muammolar o‘z ijobiy yechimini topib, bugungi kunda tomorqa yerlarini sug‘orish uchun qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, aholiga oqar suv yetkazib berildi. Bundan tashqari, ushbu hududlarda avtomobil yo‘llaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, elektr energiyasini yaxshilash maqsadida SIP kabellarini tortish, transformatorlar o‘rnatish va boshqa ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 dekabrdagi “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, shahar hududidagi mahallalarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larining 10 foizi, ya’ni bugungi kunga 2 milliard 857 million so‘mdan ziyod mablag‘ mahalla fuqarolar yig‘inlarining hisob raqamlariga tushirildi va ular hududlardagi muammolarni hal qilish uchun reja asosida sarflanmoqda. Jumladan, “Mahalla byudjeti” hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 47 xonadonga quyosh paneli qurib berilgan bo‘lsa,  joriy yilning 6 oy mobaynida kam ta’minlangan 16 ta  oilaning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida uyining tom qismi to‘liq ta’mirlab berildi.

— Mustaqillik bayrami arafasida yangi binolarning foydalanishga topshirilishi aholi uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi. O‘z binomizga ega bo‘lmaganimiz uchun 21 yildan buyon ijarada faoliyat olib bordik.  

[gallery-25124]

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Nukus shahar hokimligining qo‘llab-quvvatlashi bilan Toshkent shahar hokimligi homiyligida zamonaviy uslubda barpo etilgan binoda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hudud aholisining tashabbusi bilan muzey tashkil etildi. Bolalar maydonchasi, ijtimoiy soha va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari aholi xizmatida. Eng asosiysi, turli millat vakillari istiqomat qiladigan hududimiz aholisi bunday sharoitlardan mamnun. Mahallalarni obodonlashtirish va ularning qiyofasini tubdan yaxshilashga qaratayotgan alohida e’tibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz,  — deydi “Nao‘qan bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, “Shuhrat” medali sohibasi  Zamira Aytbayeva.

Barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida yangi binolarni topshirish marosimi  Mustaqillik bayrami quvonchlariga ulanib ketdi.

Dovud Abibullayev,  Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kunda 25 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosi foydalanishga topshirildi