Olimlar va mutaxassislar rezavor meva hisoblangan golubika tarkibida koʻp miqdorda vitamin va minerallar borligini qayd etib, ushbu meva ayni vaqtda Toshkentdagi yirik supermarketlarda ham sotilayotganini maʼlum qildilar.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Belarusning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Oʻzbekistonda rezavor mevalarini yetishtirish boʻyicha hamkorlik istiqbollari” mavzusida xalqaro videokonferensiya oʻtkazildi.

Unda Belarusning “Yagodka” korxonasi, Gruziyaning “STALKER-Vanrik Agro Group” kompaniyasi, Qozogʻistonning “KAZAH INVEST” milliy investitsiyalar jamiyati, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, viloyat hokimliklari vakillari, olimlar va fermerlar ishtirok etdi.

Konferensiyada golubika mevasini yurtimizda yetishtirish jozibador va daromadli biznesga aylanishi borasida fikr yuritildi. Olimlar va mutaxassislar rezavor meva hisoblangan golubika tarkibida koʻp miqdorda vitamin va minerallar borligini qayd etib, ushbu meva ayni vaqtda Toshkentdagi yirik supermarketlarda ham sotilayotganini maʼlum qildilar.

– Toshkent shahridagi “Makro” va “Korzinka” supermarketlarida sotilayotgan muzlatilgan golubika mevasining 125 grammining bahosi 71 ming soʻm, – deydi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi marketing va eksportga koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Najmiddin Mirabdullayev. – Yaʼni har bir kilogrammi 568 ming soʻm yoki hozirgi kurs boʻyicha 59 dollar atrofida. Agarda Belarus bilan taqqoslaydigan boʻlsak, ularda bir kilogramm ana shunday meva 10-15 dollar turadi. 

Buta shaklida, balandligi bir metr atrofida boʻladigan golubika mevalarining ulgurji bahosi, faslga qarab, kilogramm narxi 3 dollardan 10 dollargacha oʻzgarib turadi. 90 yildan koʻproq davrda meva beradigan golubika olti yildan keyin hosildorligi har bir tupga 5 kilogrammga yetadi. Bir gektarga 3-5 ming tup buta ekilsa, besh-olti yildan keyin gektaridan oʻrtacha 20 tonna atrofida hosil olish mumkin. Ulgurji narxi taxminan 3 dollar boʻlsa, gektaridan 60 ming dollar daromad qilish mumkin. 

Golubika mevasi jahon bozorida eng qimmat rezavorlardan boʻlib, uni yurakka, qon tomir devorlarini mustahkamlashda, qondagi shakarni pasaytirishda, koʻrish qobiliyatini tiklashda, asab hujayralari qarishini sekinlashtirishda juda foydali. Oʻzbekistonda yetishtiriladigan golubika mevasini Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vyetnam va Arab davlatlariga yetkazib berish mumkin.

Konferensiyada Oʻzbekistonda yetishtiriladigan golubika mevasi hozirda eng qimmat boʻlgan gilos yetishtirishdan ham jozibali va daromadli biznesga aylanishi qayd etildi. Golubikani fermer xoʻjaliklari ekin yerlarida ekishni yoʻlga qoʻyish, balki iqlimi mos kelgan har bir tumandagi mahallalarda “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlar orqali “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida aholi tomorqalarida ham yetishtirish mumkin.

Kengash vakillari bu qimmatbaho mevani yetishtirish, saqlash, chuqur muzlatish, tashish va sotish texnologiyalari toʻgʻrisida bilim va tushunchaning yetishmasligi eng muhim muammo ekanini maʼlum qilishdi.

Shu bois pandemiya cheklovlari bekor boʻlganidan soʻng mahalliy mutaxassislarni xorijiy davlatlarda amaliy oʻqishini tashkil etish va mahalliy hududlarga xorijlik mutaxassislarni taklif qilgan xolda sayyor oʻquv kurslarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kilogrammi 10 dollardan qimmat boʻlgan golubika endi Oʻzbekistonda yetishtiriladi
Жамият
13:55 / 27:10:2020