Bir guruh kinoijodkorlar Xorazmda
Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston — milliy kinematografiya” shiori ostida viloyatlarga safar qilayotgan taniqli kinoijodkorlardan tarkib topgan “Kinokarvon” guruhi Xorazmga yetib bordi.
Ijodiy safar davomida xorazmlik yurtdoshlarimiz uchun Agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan "Ilhaq", "Tinchlik ortida", "Hayot", "Urushning so‘nggi qurboni" kabi filmlarning namoyishi rejalashtirilgan.

Agentlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirlar karantin qoidalariga amal qilingan tarzda o‘tkaziladi.
G.Nusratova, O‘zJOKU talabasi